Italiyaning Ravanus shahrida portlash yuz berdi
Sitsiliyada portlash tufayli vayron bo‘lgan bino ostidan yana to‘rt nafar jasad topilishi natijasida qurbonlar soni yetti nafarga yetdi.
Janubdagi Ravanus shahrida gaz sizib chiqishi oqibatida sodir bo‘lgan portlash sabab oltita bino vayron bo‘lgan edi.
Vayrona ostidan to‘rt kishining jasadi, jumladan, homiladorligining to‘qqizinchi oyida bo‘lgan ayolning jasadi ham topildi. Hozircha 2 kishining na o‘ligi, na tirigi ma’lum, — deydi rasmiylar.
— Portlash sababi gaz to‘planishi bo‘lib, bunga lift yoki maishiy texnikadagi nosozlik sabab bo‘lishi mumkin, — deyiladi rasmiylar bergan xabarda.
“ItalGas” operatorining ta’kidlashicha, u gaz sizib chiqishi haqida hech qanday xabar olmagan. 2020-2021 yillardagi rejalashtirilgan tekshiruvlar davomida hech qanday muammo topilmagan.
Ulug‘bek Mahmirzayev