Italiyadan fotoko‘rgazma
O‘zbekiston Badiiy akademiyasining «Akademiya» galereyasida «Italiya (ItaliAE).Aka-uka Alinaridan tortib, zamonaviy fotografiyaga qadar» nomli ko‘rgazmasining ochilishi bo‘lib o‘tdi.
Italiya elchixonasi tashabbusi bilan Italiya Tashqi ishlar va xalqaro hamkorlik vazirligi, "Fratelli Alinari IDEA" kompaniyasi hamkorligida tashkil etilgan ko‘rgazma Italiyaning kaleydoskopik obrazini stereotip bo‘lmagan tarzda taqdim yetish maqsadida tashkil etildi. Ko‘rgazmaning nomlanishi ham aynan shundan bo‘lib, fotosuratlarni tanlab olishi bilan keng qamrovli xususiyat kasb etida.
Unda qo‘yilgan fotosuratlar Italiya birlashgan paytdan boshlab, oxirgi 160 yil mobaynida ijodi o‘zaro taqqoslaganda o‘ta farqlanuvchi fotograflar tomonidan olingan. Ular bu fotografiyalarda Italiyaning nafaqat boy tarixiy va badiiy merosini, balki uning texnologik ildamligini ham ta’kidlaydigan turli texnika va uslublar orqali muhrlagan.
[gallery-4281]
Foto asarlarni kuzatarkansiz, 3ta namoyish zalining oppoq devorlarida ilgari e’lon qilinmagan, hayajonli, maftunkor, ba’zida xavotirli fotosuratlar joylashtirilgan. Ularning xilma-xilligiga qaramay, bu asarlar kundalik hayotning sahnalarini aks ettiradi.
Galereyaning anjumanlar zalida fotoko‘rgazma ochilishi munosabati bilan Luka Krishenti tomonidan harakatlanuvchi zamonaviy Italiya manzaralari fotosuratlari to‘plami bilan mohirona birlashtirilgan videoroligi taqdim etildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, ko‘rgazma bizga Italiyani o‘ziga xos mamlakatga aylantiruvchi bilimlar, jozibalar va ziddiyatlarning o‘sha turli-tuman to‘plamini mushohada orqali anglab yetishga imkon beradi.
Ko‘rgazma 12 noyabrga qadar davom etadi.
Gulnoza Boboyeva, O‘zA