Namangan viloyati hokimining o‘rinbosari - viloyat turizm va sport bosh boshqarmasi boshlig‘i Botirjon Nuriddinov boshchiligidagi delegatsiya vakillari xizmat safari bilan bir hafta mobaynida Italiya poytaxti Rim shahrida bo‘lishdi.

Tashrif chog‘ida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi Eldor Shomurodov to‘p suradigan “Roma” klubi rahbariyati hamda “International Management Group” turistik kompaniyasi direktori bilan muzokaralar olib borildi. Mazkur amaliy uchrashuvlarni tashkil etishda O‘zbekiston Respublikasining Italiyadagi Favqulodda va muxtor elchisi Otabek Akbarov jonbozlik ko‘rsatdi.

Ushbu uchrashuv davomida O‘zbekiston-Italiya munosabatlari, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ko‘lami, xususan Prezidentimiz tomonidan sportni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, Namangan viloyatida dunyoga mashhur “Roma”  klubining  futbol akademiyasini ochish borasida so‘z yuritildi.

Muzokaralar davomida Namangan viloyati futbol mahorati maktabi hamda va “Roma”  klubi o‘rtasida mutaxassis kadrlar tayyorlash yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish, qo‘shma seminar va treninglar tashkil etish, namanganlik murabbiylarini Rim jamoasida malaka oshirish imkoniyatlarini o‘rganib chiqish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Namangan va “Roma” klubining yoshlar jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvlarini tashkil etish tashabbuslari bildirildi.

Shuningdek, delegatsiya a’zolari Rim “sariq-qizillar”ining bosh murabbiyi Joze Mourinio bilan uchrashdi. Amaliy muloqot davomida portugaliyalik taniqli mutaxassisga O‘zbekistonda futbolni, xususan bolalar futbolini rivojlantirish borasida olib borilayotgan islohotlar, ayniqsa, bu borada Namangan viloyatidagi amaliy ishlar haqida ma’lumot berildi.

Murabbiylik faoliyati davomida dunyoga mashhur “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Real”, “Tottenxem” singari gigant jamoalarni boshqargan Joze Mourinioga esdalik sifatida Namangan milliy brendi hamda o‘ziga xos “tashrif qog‘ozi” aylangan Chust pichog‘i va do‘ppisi sovg‘a qilindi.

Darvoqe, ushbu tashrif haqida Italiyaning mashhur "Corriere dello Sport" nashri rasmiy saytida maqola yoritilib, unda o‘zbek milliy liboslari, xususan do‘ppi, shuningdek, Chust pichog‘i to‘g‘risida qiziqarli ma’lumotlar berilgan.

Oqilxon Dadaboyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada taniqli murabbiy Joze Mourinioga Chust do‘ppisi va pichog‘i sovg‘a qilindi