Bugun "O‘zbekkino" milliy agentligida Italiyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Agostina Pinna bilan uchrashuv tashkil etildi. Mazkur uchrashuvda agentlik bosh direktori Firdavs Abduxoliqov Agostina Pinna bilan Italiya va o‘zbek filmlari bo‘yicha bir qator loyihalarni muhokama qildi.

Kelishuvga ko‘ra, tomonlar o‘zbek va italiyalik kinoijodkorlar bilan o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ko-produksiyalar yaratish, shu bilan birga, Italiyada “O‘zbek kinosi kunlari” hamda joriy yil mamlakatimizda “Italiya kinosi kunlari”ni yuqori saviyada o‘tkazish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.

Bundan tashqari, joriy yil Italiyada "O‘zbek madaniy merosi Italiya to‘plamlarida" kitobining taqdimotini o‘tkazish hamda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va ommalashtirish Butunjahon jamiyati tomonidan yevropalik olimlar ishtirokida xalqaro kongress tashkil etish kabi masalalar ham ko‘rib chiqildi.

"O‘zbekkino" milliy agentligi Axborot xizmati.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada “O‘zbek kinosi kunlari” bo‘lib o‘tadi