Italiyada “O‘zbekipaksanoat“ uyushmasi tashabbusi bilan ipakchilik mavzusida Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi

Italiyada “O‘zbekipaksanoat“ uyushmasi tashabbusi bilan ipakchilik mavzusida Xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.

Unda “O‘zbekipaksanoat“ uyushmasi raisi B.Sharipov, O‘zbekistonning Avstriyadagi elchisi Sh.Asadov, O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi R.Qayumov, UNIDO vakillari, Osiyo va Afrika bo‘yicha institut rahbarlari, Rimdagi SAPIENZA universiteti professorlari, O‘zbekistonning Rimdagi faxriy konsuli, tekstil dastgohlari ishlab chiqaruvchi 200 ta korxonani birlashtirgan ACIMIT assotsiatsiyasi rahbariyati hamda Italiyaning boshqa kompaniyalari vakillari ishtirok etdi.

photo5341439204862830946.jpg

Rimda bo‘lib o‘tgan forum ishtirokchilariga “O‘zbekipaksanoat“ uyushmasi raisi B.Sharipov mamlakatimizdagi qulay biznes muhit, pillachilik tarmog‘i, istiqbolli biznes loyihalari, eksport imkoniyatlari, shuningdek, agrosanoat majmuyiga kiruvchi boshqa sohalarning rivoji uchun Prezidentimiz yaratib berayotgan imkoniyatlar, imtiyoz va qulayliklar to‘g‘risida so‘zlab berdi.

Forumda yig‘ilganlarning ko‘pchiligi O‘zbekiston bilan hamkorlikda o‘zaro manfaatli loyihalarni amalga oshirish, shu jumladan, bir qator viloyatlarda yirik industrial park qurish niyatida ekanligini bildirdilar.

Eng muhimi, uyushmaga Hindiston, Yaponiya, Janubiy Koreya, Xitoy, Buyuk Britaniya kabi davlatlarning shu sohada faoliyat yuritayotgan tadbirkorlari ishonchli hamkor sifatida qaramoqda. Bu esa joriy yilda mo‘ljallanayotgan mahsulotni eksportini ta’minlashga xizmat qiladi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada ipakchilar forumi