Italiyaning tarixiy ilmiy-ommabop adabiyotlarga ixtisoslashgan yetakchi nashriyotlaridan biri “Sandro Teti Editore” nashriyot uyi Zahiriddin Muhammad Boburning mashhur “Boburnoma” asarini italyan tilida yuqori poligrafik sifatda chop etdi.

Bu yil nafaqat O‘zbekistonda, balki dunyoning ko‘plab mamlakatlarida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligi keng nishonlanmoqda.

Sohibqiron Amir Temurning avlodi Bobur Mirzo hassos shoir, qomusiy olim, atoqli davlat arbobi va mohir sarkarda sifatida o‘zidan takrorlanmas va boy ijodiy-ilmiy meros qoldirgan.

Bobur ijodining durdonasi, hech shubhasiz, XV-XVI asrlarda O‘rta Osiyo, Afg‘oniston, Hindiston va Eronda sodir bo‘lgan tarixiy voqealar haqida hikoya qiluvchi “Boburnoma” tarixiy-biografik asaridir. G‘oyat muhim va ko‘p qirrali ma’lumotlar asosida mohirona tartib berilgan ushbu xotira kitobini mazmun jihatidan beqiyos hayotiy ensiklopediyaga qiyoslash mumkin. “Boburnoma” o‘zida xalqimizning azaliy qadriyatlari, intellektual va ma’naviy olami xazinalarini bamisoli ko‘zgudek aks ettiradi.

Ushbu nashr o‘zbek va italyan xalqlari o‘rtasidagi adabiy va madaniy-gumanitar hamkorlik aloqalarining samarali va yorqin namunasi sifatida dunyoga keldi.

Kitob davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning So‘zboshisi bilan ochiladi.

Ma’lumki, “Boburnoma” ko‘p asrlar davomida turli ilmiy yo‘nalishlardagi Sharq va G‘arb tadqiqotchilarining e’tiborini o‘ziga tortib keladi. Dunyoning ko‘plab tillariga tarjima qilingan ushbu nodir kitob endilikda birinchi bor italyan o‘quvchilariga ham taqdim etilmoqda.

Asarni italyan tilida nashr etish jarayonlariga mazkur nashriyot rahbari Sandro Teti boshchiligidagi malakali tarjimonlar, muharrirlar va dizaynerlarning katta guruhi jalb etilgan. Kitobni tayyorlashda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti rektori, professor Shuhrat Sirojiddinov va italiyalik taniqli turkolog, professor Federiko De Rensi ilmiy va adabiy muharrirlar sifatida ishtirok etgan.

Atoqli italyan olimi va adibi Franko Kardini tomonidan “Boburnoma” asariga yozilgan kirish so‘zida Bobur “So‘z san’atiga mehr qo‘ygan buyuk hukmdor yoxud saltanatni sevgan buyuk adib”, deb ta’riflanadi. “Boburnoma”ni o‘qishga jazm qilgan yevropalik kitobxon undan bosh ko‘tarolmay qolishi shubhasiz. Shu asnoda insonparvar papa Piy II – Enea Silvio Pikkolominining “Izohlar”i, imperator Pyotr Leopold Gabsburgning avtobiografik mulohazalari beixtiyor xayolga keladi; ba’zan o‘quvchi o‘zini Montenni, ba’zan esa Marko Polo yoki Buyuk Fridrix yoxud Melvillni mutolaa qilayotgandek his etadi”, deb ta’kidlaydi Kardini.

Tarjimon Federiko Pastore kitobga yozgan sharhida “Boburnoma” “o‘z davrining kundalik hayotini qayta tiklashga imkon beradigan, islom tamadduniga xos avtobiografik asarning ilk rostgo‘y namunasi” ekaniga alohida urg‘u beradi.

Asarning italyancha tarjimasi Uiler M.Takstonning ingliz tilidagi tarjimasiga asoslangan bo‘lib, u Bobur Mirzo yodnomalarining barcha xususiyatlarini imkon qadar ko‘proq va to‘liqligicha saqlab qolgan, “zero, xotiralarning yaxlitligi XVI asr Osiyo tarixidagi asosiy qahramonlardan birining yorqin qiyofasini aniq aks ettiradi”.

Ushbu nashr Boburiylar davriga oid 96 ta badiiy miniatyura bilan bezatilgan. Bu suratlar o‘sha zamon uchun tarixiy, geografik, etimologik omillarni to‘liq hisobga olgan holda, kitob qahramonlarining xarakterlari va ichki dunyosini haqiqiy, realistik tarzda ochib beradigan rangtasvirning ilg‘or yo‘nalishi bo‘lgan. Mashhur mo‘’jaz rasmlar ranglar palitrasi, nafis bezaklari va teran ma’nosi bilan ajralib turadi.

Ko‘p nusxada chop etilgan “Boburnoma” kitobi Italiya va Yevropaning ko‘plab kitob markazlariga taqdim qilinadi.

Quyida italiyalik atoqli olim va adib Franko Kardinining “Boburnoma” haqidagi essesi juz’iy qisqartirishlar bilan e’lon qilinmoqda.

So‘z san’atiga mehr qo‘ygan buyuk hukmdor yoxud saltanatni sevgan buyuk adib

Biz – “G‘arb ahli”ning dunyodagi boshqa xalqlar madaniyati oldidagi qarzimiz, so‘zsiz, nihoyatda katta: biz o‘zgalarning yurtiga bostirib kirganmiz, ularning mol-mulkini talon-toroj qilganmiz, o‘zimizga bo‘ysundirganmiz. Hatto bizlar yaratgan Rim huquqi, qayta-qayta o‘qilgani va nasroniylik ta’limoti orqali joriy etilganiga qaramasdan, bizning istilochilar, qotillar, quldorlar kabi harakat qilishimizga yo‘l qo‘yib bergani ma’lum.

Bu borada isbot talab etmaydigan bir haqiqatni ta’kidlash kerak: bizning o‘zga xalqlar molu davlatini tortib olishdan ham, ularni ozodligidan, hayotidan mahrum qilishdan ham ko‘ra shafqatsizroq kirdikorlarimiz bo‘lgan. Ya’ni, bizdan boshqacha fikrlagani, boshqacha yashagani uchun g‘ayri millat va elatlarni mensimasdan, ularga “past” toifa deb qarab kelganimiz sir emas.

Bizning zulmimizga qarshi turishga ularning qurol-yarog‘i ham, ba’zan hatto xohish-istaklari ham yo‘q edi. O‘zga xalqlarning ilm-fan, san’at, go‘zallik borasidagi qadriyatlarini biz hech vaqt, hatto yaqin-yaqinlargacha ham nazar-pisand qilmaganmiz. Bizni faqatgina ularning moddiy boyliklarini qo‘lga kiritish qiziqtirar edi.

Biz hatto o‘z jinoyatlarimizni tezroq yashirish va o‘zimizni oqlash uchun “tarixi yo‘q xalqlar” degan soxta tushunchani o‘ylab topdik. Holbuki, biz ushbu millatlardan zo‘rlik bilan tortib olgan boyliklar aslida ularning haqiqiy, asl va nihoyatda behisob xazinalarining yuzaki, tashqi bir qismi edi, xolos.

Shuning uchun keyinchalik bu ma’naviy boyliklarning qadriga yeta boshlaganimizda ham biz ushbu masalaga mustamlakachilik ruhi bilan yoki yanglish tasavvurimizga ko‘ra, o‘z bilimini ularning ilmiga nisbatan ustun deb hisoblaydigan antropolog sifatida yondashib ish ko‘rganmiz.

Mana endi kalavaning uchini yo‘qotgach, biz nadomat ila iqror bo‘lyapmizki, agar o‘zga xalqlarning hayoti va tafakkur tarzini o‘z vaqtida o‘rganganimizda va anglaganimizda edi, biz o‘zimizni nafaqat jinoiy qilmishlar va suiiste’molchilik illatidan himoya qilgan, balki barcha to‘siq va g‘ovlar o‘z mohiyatini yo‘qotgan bugungi zamonda (garchi bir vaqtlar sodir etgan adolatsiz ishlarimiz sababli ko‘nglimizda noxush xotiralar qolgan bo‘lsa ham) ular bilan birga yashashimizni osonlashtirgan bo‘lardik.

Biz o‘tmish va kelajak haqidagi tushuncha va tasavvurlarimizni ham o‘zgartirdik – ekzotika va oriyentalizmga xos voqelikni bor holicha qabul qildik. Boz ustiga, taxminan XVIII asrdan buyon bosib kelayotgan tarixiy yo‘limiz mobaynida o‘zimizni oqlash uchun go‘yoki bu tamaddunni, bu urf-odatlarni, bu manzaralarni, bu tovushlarni, hatto hidlar va ta’mlarni ham sevib qoldik. Dunyoning o‘zi kabi ko‘hna bu a’mol bamisoli go‘zal qurboniga oxir-oqibatda oshiqu beqaror bo‘lib qolgan fotih qismatini eslatadi.

Ammo biz ba’zan o‘zimizning noraso xilqat ekanimizni ham oshkora tan olib qo‘yamiz. Ilmiy-texnik kashfiyotlar taraqqiyoti nafaqat savdo sohasidagi, balki eng avvalo, ilmiy, madaniy, estetika va etika borasidagi necha ming yillik tasavvurlarimiz va munosabatlarimizni o‘zgartirib yubordi.

Faqat mana endi, asrlar bo‘yi kechikkan holda, ushbu mo‘’jiza go‘yoki bizga ilgaritdan tanishdek, hozir esa “boshqa xalqlar bilan” yuzma-yuz kelib, ular bilan olib borayotgan muloqotimiz ijobiy natijalarni berayotgandek qabul qilmoqdamiz.

Masalan, Buyuk mo‘g‘ullar yoki aniqrog‘i, Boburiylar sulolasi davridagi Hindistonning viqor va hashamatiga qayta nazar solar ekanmiz, biz bu azim shaharlar, saroylar va bog‘larning ko‘rku jamoliga qarab, o‘z madaniy taraqqiyotimizning avj nuqtasida yaratgan Uyg‘onish davri yutuqlariga teng, ba’zi o‘rinlarda esa ulardan ziyoda bo‘lgan “o‘zga Renessans”ni ko‘ramiz. Biz faqat o‘zimizga taskin berish uchun bu odamlar bizni ham qahr-g‘azab, shafqatsizlik, ochko‘zlik va hiyla-nayrangga o‘rgatishlari mumkin edi, deya olamiz, xolos.

Zahiriddin Muhammad ayni vaqtda Bobur nomi bilan tanilgan ulug‘ shaxsdir (Bobur – musulmoncha ulug‘vor ism bo‘lib, fors tilida babr, ya’ni, “yo‘lbars” ma’nosini bildiradi. Xuddi Temur ismi “temir”ni anglatganday). Uning hayoti va faoliyati eroniylarning azaliy g‘animi bo‘lgan O‘rol-Oltoy qabilalari egallagan Kaspiy dengizi, Hindikush va Tiyonshon tog‘lari o‘rtasidagi bepoyon kengliklarda shakllangan Turon madaniyatiga xos ajoyib va yorqin bir misol bo‘la oladi.

Bobur mansub bo‘lgan turkiy qavmlar vaqti-soati kelib, o‘rtadagi minglarcha tafovutga qaramasdan, eroniylar bilan umumiy madaniyat qura bildilar va turk-eron-arab “uchligi” doirasida lingvistik harakat qildilar. Ya’ni, o‘z hayotlari davomida ba’zan Olloh haqida va Olloh bilan so‘zlashuvchi arab tilini, goho muhabbat va shukuhni ifodalovchi fors tilini, ba’zan esa harbiy salohiyat va jangovar qudratni namoyon etguvchi turk tilini navbatma-navbat qo‘llab keldilar.

Bobur 1483 yil fevral oyida Andijonda, “Ipak yo‘li” tarmoqlaridan birida joylashgan qadimiy shaharda dunyoga keldi. Bu kent hozirgi Xitoyning Shinjon viloyatidagi Koshg‘ar, Qirg‘izistondagi O‘sh hamda Farg‘ona vodiysidagi Qo‘qon oralig‘ida, bugungi O‘zbekiston hududida joylashgan.

Bobur Samarqandning afsonaviy hukmdori Amir Temurning evarasi, temuriyzoda Umarshayx Mirzo va Chingizxonning olis avlodi bo‘lmish aslzoda malika – Qutlug‘ Nigorxonimning to‘ng‘ich o‘g‘lidir.

U eski o‘zbek tilida so‘zlashgan, lekin butun Markaziy Osiyo uchun mushtarak hisoblangan fors tilini ham, tabiiyki, Qur’onni qiroat bilan o‘qish va tushunish, sharhlash uchun arab tilini ham yaxshi bilgan. Boburga ergashgan odamlar, uning lashkari ham etnik jihatdan rang-barang bo‘lgan.

Bobur qisqa umr ko‘rgan: Hindiston shimolidagi keyinchalik mo‘’jizaviy Tojmahal bunyod etilgan Agra shahrida 1530 yili vafot etgan. O‘sha vaqtda u 47 yoshda bo‘lib, bu XVI asr uchun uncha kichik yosh sanalmaydi (qariyb uch yuz yildan keyin vafot etgan Napoleon Boburdan atigi besh yosh katta bo‘lgan, xolos. Ammo, bunga qaramasdan, XIX asrda Muqaddas Yelena orolidagi shifokorlar XVI asrdagi hind saroyi tabiblaridan kuchli bo‘lgan, deb ta’kidlash joiz emas, balki buning aksi ham bo‘lishi mumkin).

Bobur 1511 va 1512 yillar oralig‘ida janubga – tog‘li Kobulga chekinishdan avval bir vaqtlar Amir Temur davlatiga qarashli bo‘lgan bir necha shaharlarni qo‘lga kiritishga erishdi.

Bu yerdan unga Hindiston sari yo‘l ochildi: aynan shu manzilda lohurlik lo‘diylar sulolasiga mansub shahzodalar hamda hind rajputlari ittifoqi uni tabiiy boyliklari mo‘l bo‘lgan ushbu yarim orolni zabt etish uchun gijgijladilar.

Va nihoyat, Bobur harbiy yurish boshlashga qaror qildi: 1526 yilda Panipatda bo‘lib o‘tgan jangda o‘zining tezkor va ajoyib harbiy taktikasi va zambaraklarining ustunligi bois lo‘diy hukmdorlarining so‘nggi namoyandasi bo‘lmish Ibrohim II ustidan g‘alaba qozondi.

Shundan keyin Bobur Hindistonda muqim qolib ketdi. Ammo bu o‘lka shohning ko‘ngliga o‘tirishmadi: bu elning o‘ziga bo‘lgan munosabatidan, mamlakat iqlimining og‘irligi, yaxshi otlar va muz yo‘qligidan, yegulikning sifatidan nolib yozgan so‘zlari “Boburnoma” sahifalarida saqlanib qolgan. Bu hol biroz g‘alati bo‘lib tuyulishi mumkin. Lekin Bobur hayotni, hayot ne’matlarini xush ko‘radigan inson edi. Umri taxt ustida o‘tgan bo‘lsa-da, badiiy ijod bilan shug‘ullanishni yoqtirardi. Biz Bobur haqida juda ko‘p narsalarni, hattoki shohning shaxsiy hayotiga oid anchagina ma’lumotlarni, jumladan, uning dardu tashvishlari, turfa hissiyotlari xususida bevosita o‘zi yaratgan asarlar orqali xabardor bo‘lamiz.

Kobulda, u o‘z ta’biri bilan aytganda, “dunyodagi eng go‘zal” bog‘larni barpo etgan (bu muazzam bog‘lar 2002 yilgacha – Amerikaning Afg‘onistonga muvaffaqiyatsiz bosqiniga qadar saqlanib qolgan edi).

Bularning barchasi va boshqa ko‘plab noyob ma’lumotlar bizga eski o‘zbek tilida yozilgan va keyinchalik ko‘plab tillarga, shu jumladan, endilikda italyan tiliga ham tarjima qilingan “Boburnoma” orqali ayon bo‘ladi.

Bu shunchaki tarixiy qiymatga ega bo‘lgan kundalik, sayohatnoma, xotira, avtobiografiya, solnomagina emas, balki ushbu muhtasham asar muallif hukmdorning o‘z zamonasida mavjud bo‘lgan soxta va balandparvoz adabiy uslublarni inkor etadigan ilmiy-badiiy salohiyatini ham yaqqol namoyon etadi.

“Boburnoma”ni o‘qishga jazm qilgan yevropalik kitobxon undan bosh ko‘tarolmay qolishi shubhasiz. Shu asnoda insonparvar papa Piy II – Enea Silvio Pikkolominining “Izohlar”i, imperator Pyotr Leopold Gabsburgning avtobiografik mulohazalari beixtiyor xayolga keladi; ba’zan o‘quvchi o‘zini Montenni, ba’zan esa Marko Polo yoki Buyuk Fridrix yoxud Melvillni mutolaa qilayotgandek his etadi.

Bobur so‘z san’atiga mehr qo‘ygan buyuk hukmdor yoxud saltanatni sevgan buyuk adibdir.

Franko KARDINI,

atoqli italyan olimi va adibi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Italiyada “Boburnoma” asari chop etildi