Italiyaning Milan shahrida joylashgan 18 qavatli turar-joy binosida yong‘in sodir bo‘ldi va butunlay yonib ketdi, deya xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, yong‘in 15-qavatdan boshlangan va tezda binoning qoplamasi bo‘ylab tarqalib ketgan.
Yong‘in binoning yonida turgan bir nechta mashinani ham qamrab olgan. Yong‘inda hech kim halok bo‘lmagan, biroq bir necha kishi tutundan bo‘g‘ilib qolgani aytilmoqda.
– Hozir yong‘in sabablari aniqlanmoqda va bu binoni qamrab olgani uning issiqlik izolyatsiyasi tufayli bo‘lishi mumkin, – dedi Rimdagi Ichki ishlar vazirligi vakili Karlo Simba.
Bino tuzilishini tekshirgan mutaxassislarga ko‘ra, uylar tez orada butunlay qulashi mumkin va yong‘in metall ramkaga katta zarar yetkazgan. Binoning qulashi ham qo‘shni uylarga xavf tug‘diradi, shuning uchun qutqaruvchilar aholini evakuatsiya qilgan.