Italiya terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 yo‘llanmasi uchun 300 ming yevro bonus talab qilishgan
Italiya terma jamoasi futbolchilari JCh-2026 yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun 300 ming yevro miqdorida bonus talab qilishgan.
Football Italia nashrining La Repubblicaga tayanib xabar berishicha, italiyalik futbolchilar Bosniya va Gersegovinaga qarshi hal qiluvchi o‘yin arafasida 300 000 yevro (har bir futbolchi uchun 10 000 yevrodan) miqdorida mukofot puli bo‘yicha kelishib olishga urinishgan.
Jamoa bosh murabbiyi Jennaro Gattuzo futbolchilarni Italiya futbol federatsiyasi bilan muzokaralarni to‘xtatishga ko‘ndirgan. U bonus masalasini faqat jahon chempionatiga yo‘llanma olinganidan keyingina muhokama qilish lozimligini ta’kidlagan.
Yakunda Italiya terma jamoasi Bosniya va Gersegovinaga imkoniyatni boy berib (1:1, penaltilar bo‘yicha – 1:4), JCh-2026 yo‘llanmasidan mahrum bo‘ldi.