Italiya dovuldan jiddiy zarar koʻrdi
Italiya qirgʻoqlariga yopirilgan dovul talofatlari bir necha millard yevrodan iborat boʻladi, deyiladi Il Sole 24 Ore maʼlumotida
Italiya qirgʻoqlariga yopirilgan dovul talofatlari bir necha millard yevrodan iborat boʻladi, deyiladi Il Sole 24 Ore maʼlumotida.
Jabrlangan odamlar yoki buzilgan infratizimdan tashqari, faoliyatini toʻxtatishga majbur boʻlgan kompaniyalar va qishloq xoʻjalik tarmogʻi jiddiy zarar koʻrgan. Veneto va Ligurida mahalliy hukumat koʻrilgan zarar bir necha yuz million yevro boʻlishini aytgan. Ayrim shaharlarda sohilboʻyi infratizimi butunlay buzilgan. Muqaddas Mark binosi poydevoriga ziyon yetgan.
Maʼlumot uchun, oktyabr oxirida Italiya shimoli va markaziy hududlariga yopirilgan dovul 12 kishining hayotiga zomin boʻlgan, oʻnlab odam jabrlangan.