IT-parkning rezidentlari va xizmatlar turi ortmoqda
FOTOREPORTAJ
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki qurilishiga 2019 yil 20 noyabrda tamal toshi qo‘yilgan bo‘lib, hozirgacha bu yerda 20, 22, 25 qavatli binolar va konferensiya zali qurib bitkazildi.
Ushbu IT-parkning rezidentlari, xizmatlar turi ham ko‘payib bormoqda. Joriy yilning 6 oyida ular tomonidan 53 million dollarlik xizmatlar eksport qilingan. Yil yakunigacha bu ko‘rsatkich 100 million dollardan oshishi kutilmoqda.
IT-parkda qurilish 2 bosqichda olib borilmoqda. Bu yerda jami 17 ta imorat barpo etiladi. Sohadagi tashkilotlar, universitet, kovorking markazi o‘zaro uzviy faoliyati yo‘lga qo‘yiladi. Majmua hududida xizmat uylari, mehmonxona, kafe va restoranlar, do‘konlar, sport maydoni, dam olish joylari ham joy oladi.
[gallery-8562]
A’lo ABDULLAEV olgan surat), O‘zA