2025 yilning dastlabki ikki oyida Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parki IT va servis xizmatlarini eksport qilishga yo‘naltirilgan 104 ta yangi rezidentlarni qabul qilgan.

Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkidan olingan ma’lumotlarga ko‘ra, yangi rezidentlar o‘z faoliyatining dastlabki yilida 2400 dan ziyod ish o‘rinlarini yaratish orqali mamlakatning yuqori texnologiyalar sektorini rivojlantirish va malakali mutaxassislar sonini oshirishga hissa qo‘shishni rejalashtirmoqda. Biznes-rejaga ko‘ra, ular eksportining maqsadli hajmi 31 million dollardan oshib, Shimoliy  Amerika, Yevropa Ittifoqi davlatlari, Turkiya, BAA, Xitoy  va boshqa mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.  

Xususan, “Oneglobal” va  “Soluxe Events” kompaniyalari AQSH, Xitoy, Hindiston va MDH mamlakatlaridagi mijozlar uchun autsorsing bilan shug‘ullanadi. Turkiyaning “Bookingmaniaa” va Hindistonning “Inteli AI” kompaniyalari o‘z e’tiborlarini dasturiy ta’minot ishlab chiqishga qaratadi.  

Isroilning “Servionix Solutions” va “Smart Software Solutions” firmalari, shuningdek, Gruziyaning “Gegidze CA” kompaniyasi dasturiy ta’minotni maqbullashtirish va uni xorijiy bozorlarga moslashtirish bo‘yicha ishlarni tashkillashtiradi. Mazkur kompaniya 115 nafar xodimni ishga olishi to‘g‘risida e’lon bergan.  

Roman BONDARCHUK tayyorladi, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
IT Park rezidentlari orasida eksportchilar soni oshdi