Jizzax ahli ham O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligini barcha sohalarda bo‘lgani kabi, IT sohasida ham ulkan yutuqlar bilan kutib olmoqda.
O‘tgan 2021 yil sarhisobi bo‘yicha IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali respublika bo‘yicha eng yaxshi filial, deb topilib, joriy yilda ham soha vakillari yetakchilikni qo‘ldan bermadi.
Davlatimiz rahbarining 2020 yil 5 oktyabrdagi “Raqamli O‘zbekiston — 2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni ijrosi doirasida IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali 2020 yil 11 noyabr kuni tashkil etilgan.
IT Markazdagi ta’lim yo‘nalishlari 11 ta, Jizzax viloyatida IT Markazlari esa 13 tadir. Markaz tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali direktori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Shohrux Narimanov O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi.
– IT Park faoliyatini boshlagandan buyon Markaz bitiruvchilari soni 13 ming 316 nafarga yetgan, viloyatda har yili o‘rtacha 8 mingga yaqin talabalar IT kurslarni tamomlayapti, – deydi Shohrux Narimanov. – Sohada malaka oshirgan davlat tashkilotlari xodimlari 2 ming 390 nafarni tashkil etmoqda.
[gallery-8489]
Birlashgan Arab Amirliklari va IT Park qoshidagi IT akadyemiy bilan hamkorlikda tashkil qilingan “Bir million dasturchi” (bepul onlayn dasturlash videodarsliklari platformasi) loyihasi bitiruvchilari soni esa 100 ming 160 nafarga yetgan.
IT Park hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali va Jizzax politexnika instituti bilan hamkorlikda 3 ta “Inkubatsiya markazi” tashkil etilgan. Unda OTM talabalari uchun ularning Startap loyihalarini amalga oshirish maqsadida maxsus zamonaviy xona va texnikalar ajratilgan. Talabalarning g‘oyalarini amalga oshirish yo‘lida IT Park tomonidan turli yo‘nalishdagi malakali mutaxassislar tomonidan muntazam ravishda mahorat darslari o‘tib borilmoqda.
Ayni paytda, viloyat bo‘yicha 79 ta Startap loyiha mavjud bo‘lib, IT Park hamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamkorligida umumiy qiymati 1 milliard so‘m bo‘lgan 9 ta loyiha moliyalashtirilgan va shulardan 8 ta loyiha ishga tushirilgan. Startap yo‘nalishi bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlarga asosan ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda ushbu loyihalarini amaliyotga tatbiq etish maqsadida – 1 ta korporativ akselerator, viloyat yoshlari o‘rtasida eng yaxshi Startap loyiha tanlovlarini o‘tkazish maqsadida – 3 ta IDYeATNON, viloyat yoshlari o‘rtasida eng yaxshi Startap loyiha ishlanmasi tanlovini o‘tkazish uchun – 3 ta NACKATNON, shuningdek, 48 ta seminar, master-klass, 16 ta vebinar va 4 ta “Innovatsion Startap loyihalar” tanlovi tashkil etildi.
Masofadan IT xizmatlari ko‘rsatish markazlari 2 ta, ular Xalqaro logistika kompaniyasi – Revotech hamda Xalqaro bozor uchun animatsiya va veb-dizayn xizmati – Codevision BPO markazlaridir. IT Park va “YePAM Sytsyems” hamkorligida “IT-Park Univyersityet” – Raqamli universiteti tashkil qilindi va hozirda hujjat topshirgan abituriyentlar kirish imtihonlari, ya’ni test sinovlaridan o‘tmoqda.
Ushbu universitetda ta’lim jarayoni 8 ta mutaxassislik bo‘yicha amalga oshiriladi.
Ushbu “IT-Park Univyersityet” raqamli oliygohda uydan turib, poytaxtda yoki IT Parkning viloyat ofislarida ham tahsil olish imkoniyati mavjud va bakalavriat bo‘yicha o‘qish muddati 3 yil, ta’lim asosan, ingliz tilida olib boriladi.
Jizzax shahridagi IT mutaxassislarini tayyorlashga ixtisoslashgan Hindistonning Sambhram universiteti va IT Park Jizzax viloyati hududiy filiali o‘rtasida hamkorlik o‘rnatilgan.
Ushbu universitet bilan hamkorlikda “Futurye Skills O‘zbekiston”, “ITWoman.uz”, “Korporativ akselerator”, “IT Summyer”, “Roboschool”, Xalqaro IT konferensiyani birgalikda amalga oshirdik.
IT Park viloyat hududiy filiali jamoasi mamlakatimiz mustaqilligining 31 yilligini respublikada IT sohasining yetkachisi sifatida munosib kutib olyapti.
Soha xodimlarining kelgusidagi rejalari esa ulkan.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat), O‘zA