Qashqadaryo viloyati Qarshi shahridagi A. Navoiy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida yoshlar uchun xizmat qiladigan ko‘plab ko‘ngilochar maskanlar faoliyat boshladi.

Ob’ektlarning tantanali ochilish marosimida viloyat hokimi M.Azimov boshchiligidagi sektor rahbarlari, faxriylar, keng jamoatchilik vakillari va faol yoshlar ishtirok etdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bog‘ 1972 yilda ish boshlagan. Qariyb yarim asrdan buyon faoliyat yuritib kelayotgan ushbu istirohat bog‘i aholi, ayniqsa, yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Bog‘ning umumiy yer maydoni 34,2 gektar. Bog‘da 3,1 kilometr yo‘l va yo‘laklar 140 dona o‘tirgich, 83 dona tungi yoritish chiroqlari, 35 turdagi 12 ming 150 har xil manzarali daraxtlar mavjud. Bog‘ umumiy yer maydonining 85 foizi daraxtzor, maysazorlar bilan qoplangan bo‘lib atrofi ko‘kalamzorlashtirilgan.  

[gallery-12256]

Bog‘da jami 49 har xil tipdagi attraksionlar mavjud bo‘lib, shulardan 8 tasi bog‘ balansidagi, 41 tasi xususiy tadbirkorlarga qarashli attraksionlardir. Darhaqiqat keyingi yillarda bog‘ hududidan xususiy sektor vakillariga joy ajratilishi hisobiga ko‘plab ko‘ngilochar maskanlar qad rostlamoqda. Jumladan, “Yoshlar kafesi”, umumiy ovqatlanish shoxobchasi, 5 salqin ichimliklar va muzqaymoq do‘konlari aholi xizmatida. Shuningdek, “Sho‘rtangazkimyo” majmuasiga qarashli “Ko‘llar majmuasi” va 2800 o‘rinli amfiteatr, viloyat madaniyat boshqarmasiga qarashli “O‘lkashunoslik muzeyi” hamda “Nasaf” futbol klubiga tegishli mashqlar o‘tkaziladigan futbol maydoni, fotostudiya, tadbirkorga qarashli uch o‘lchamdagi bir nechta zaldan iborat kinozallar va militsiya tayanch punktlari mavjud.  

Viloyat rahbarining bevosita tashabbusi bilan joriy yilda ham bog‘ hududida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi. Hozirgi kunda “Universal ta’mir ta’minot” ICHK tomonidan istirohat bog‘ida 115  tungi yoritgichlar, shundan 58 tasi quyosh panelli yoritgich, 10 dona projektor machtalar va 333 dona yuqori kuchlanishli va 1050 dona past kuchlanishli lampalar o‘rnatildi hamda 7140 metr kabel yotqizildi. Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida bog‘da 27 dona  kuzatuv kameralari o‘rnatilib, milliy gvardiya nazorat maskanida doimiy kuzatuvda turadigan bo‘ldi.  

Qarshi shahridagi “1-sonli qurilish va montaj” XK tomonidan qurilgan 2 mini stadion, 1 tennis klub, 1 zamonaviy kutubxona, 2 o‘quv markazi, 1 yengil tipdagi oshxona, 2 shaxmat klublari yoshlarning haqiqiy maskaniga aylandi. Viloyat rahbari va jamoatchilik vakillari yangi qurilib foydalanishga topshirilgan ob’ektlar va u yerda yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.  

Ayniqsa, yangidan qurilgan eni 20 metr, balandligi 8 metrli sun’iy Fontan va sharshara barchada katta taassurot qoldirdi. Fontanning atrofi 135 metr temir panjaralar bilan o‘raldi. Fontan va hovuzlarni suv bilan ta’minlash uchun 70 metr chuqurlikda artizan qudug‘i qazildi. Nasoslar joylashgan bino qayta ta’mirlandi.  

Tantanali ochilish marosimlari doirasida sport turlari bo‘yicha g‘oliblar taqdirlandi. Shuningdek, 30 nafar chin yetim yoshlarga davlatimiz tomonidan uy-joylar kaliti topshirildi. Yoshlar Prezidentimiz topshiriqlari ijrosini ta’minlashda jonbozlik ko‘rsatayotgan viloyat hokimiga o‘z minnatdorligini bildirdi.  

O‘lmas Barotov,  

Jamshid Norqobilov (surat) O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Istirohat bog‘i yanada ko‘rkamlashdi