“Istiqlol” 11 daqiqada “Sepahon” masalasini hal qildi, Ashurmatov to‘liq o‘ynadi
Mezbonlar uchrashuv taqdirini dastlabki 11 daqiqadayoq hal qilib qo‘ydi.
Eron Pro-ligasida “Istiqlol”ning g‘alabali yurishi davom etmoqda. Tehron klubi 3-turda o‘z maydonida “Sepahon”ni qabul qilib, 2:0 hisobida ustun keldi.
Mezbonlar uchrashuv taqdirini dastlabki 11 daqiqadayoq hal qilib qo‘ydi. 4-daqiqada Yasir Asani hisobni ochgan bo‘lsa, 11-daqiqada Ismaili Galizada “Istiqlol”ning ikkinchi golini urdi. Qolgan vaqt davomida hisob o‘zgarmadi.
O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Rustam Ashurmatov “Istiqlol”ning boshlang‘ich tarkibidan joy oldi va uchrashuvni to‘liq o‘tkazdi. Jaloliddin Masharipov esa bu safar zaxirada qoldi va maydonga tushirilmadi.
Ushbu g‘alaba orqali “Istiqlol” mavsum startidagi mukammal natijasini saqlab qoldi. Tehronliklar dastlabki uchta uchrashuvning barchasida g‘alaba qozonib, 9 ochko bilan Pro-liga turnir jadvalida peshqadamlik qilmoqda.