Soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, joriy yil 1 oktyabr holatiga ko‘ra, chakana savdo va xizmat ko‘rsatish sohasidagi marketpleyslar ma’lumotlar bazasi soliq organlari axborot tizimi bilan integratsiya qilindi.
Bu orqali xaridorlarga joriy yilda umumiy qiymati 96,2 trillion so‘mlik 2 100,6 mln dona elektron chek taqdim etildi. Elektron cheklar orqali xaridorlarga 518 million dona chek bo‘yicha 247 milliard so‘m keshbek avtomatik ravishda hisoblab berildi.
Hozirgi kunda ro‘yxatga olingan marketpleyslar soni –220 ta, elektron to‘lov tizimlari – 49 ta, to‘liq integratsiya qilingan – 36 ta, integratsiya jarayonida – 8 ta, faoliyat yuritmayotgan (foydalanilmayotgan) – 5 tani tashkil etadi. Bank mobil ilovalari – 36 ta, to‘liq integratsiya qilingan – 33 ta, integratsiya jarayonida – 2 ta, faoliyat yuritmayotgan – 1 ta, internet do‘konlar – 135 ta, to‘liq integratsiya qilingan – 97 ta, integratsiya jarayonida – 31 ta, faoliyat yuritmayotgan – 7 tani tashkil etmoqda.
Elektron chek tizimi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, shaffoflikni ta’minlash va iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga xizmat qilmoqda.
Sh.Mamaturopova, O‘zA