Iste’molchilar murojaatlari yechim topmoqda
Raqobat qo‘mitasi tomonidan savdo, gaz ta’minoti va bank xizmatlari bo‘yicha fuqarolardan kelib tushayotgan murojaatlar doimiy ravishda o‘rganilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati Urganch tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro U.Qning murojaatiga ko‘ra, gaz ta’minoti korxonasi tomonidan o‘rnatilgan elektron tabiiy gazni hisobga olish uskunasi ta’minotchi korxonaning hisob-kitob dasturlar bazasiga kiritilmasdan qolgan.
Fuqaroning asossiz hisoblangan qarzdorlikdan norozi bo‘lib, hududiy boshqarmaga qilgan murojaati o‘rganib chiqilib, iste’molchiga hisoblangan 1 033 220 so‘mlik noreal qarzdorlik qayta hisob-kitob qilishga erishildi.
Shuningdek, Farg‘ona, Buxoro, Jizzax, Toshkent, Namangan viloyatlaridagi murojaatchilarning shikoyatlari o‘rganilib, asossiz yechib olingan pul mablag‘lari qaytarilishi ta’minlandi.
Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasining hududiy boshqarmalari tomonidan qonunbuzilish holatini bartaraf etish yuzasidan bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berildi.
N.Rahmonova,
O‘zA