Iste’molchi murojaati va tiklangan huquq
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasining qayd etishicha, yaqinda Qashqadaryo viloyati Qamashi tumanida yashovchi fuqaro S. Arziyevaning iste’mol huquqi buzilgan.
Chunki u Toshkent shahridagi do‘konlarning biridan 22000000 so‘mlik muzqaymoq apparati sotib olgandi, biroq buni qarangki, apparat nosoz chiqqan.
Shuningdek, fuqaro qancha harakat qilmasin, uskuna uchun to‘lagan mablag‘ini qaytarib ololmagan.
S.Arziyeva federatsiyaga murojaat qilgach, ko‘plar qatori uning ham murojaati ijobiy yechim topdi. Iste’molchining mablag‘i do‘kon egalari tomonidan to‘liq qaytarib berilgan.