Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi endilikda fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish maqsadida "Iste’molchi murojaati" yagona axborot tizimini yo‘lga qo‘ymoqda.

Xo‘sh, “Iste’molchi murojaati” tizimi aynan qanday muammolarni hal qilishga qaratilgan?  

Nima uchun aynan hozir bu tizimni yo‘lga qo‘yish zarur?

Bu yangilik oddiy fuqaro hayotiga qanday yengilliklar olib kiradi?

Ushbu savollar yuzasidan mutaxassislar fikrini o‘rgandik.  

—Tahlillarga murojaat qilsak, so‘nggi 2020-2025 yil davomida qo‘mitaga iste’molchilardan uy-joy kommunal, transport xizmatlari, savdo va umumiy ovqatlanish, aloqa, moliya va ijtimoiy xizmatlar hamda reklama munosabatlari masalalari yuzasidan jami 128 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan, — deydi Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Botir Sharipov. — Qo‘mita va uning hududiy boshqarmalari tomonidan mazkur murojaatlar mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda o‘rganilib, qayta hisob-kitoblar amalga oshirildi. Tadbirkorlik sub’ektlariga qonunchilik yuzasidan tushuntirishlar berildi hamda sud orqali 85 foizga yaqini ijobiy hal etilishiga erishildi.  

Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 30 yanvardagi "O‘zbekiston - 2030" strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va "yashil" iqtisodiyot yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, Raqobat qo‘mitasiga «Iste’molchi murojaati» elektron tizimini joriy etish vazifasi yuklatildi.  

Mazkur tizim afzalligi murojaatlar yanada tezkor qabul qilinadi, uning to‘laqonli o‘rganilishi ta’minlanadi, tegishliligi bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tezkorlik bilan yo‘naltiriladi. Shuningdek, tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatiga davlat organlarining aralashuvi ham kamayadi. Ikkinchidan, tadbirkorlik sub’ekti va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan masala qisqa muddatda hal etilishiga erishiladi va onlayn murojaatlarni hal etish bo‘yicha korxonalarning reytingi shakllantirib boriladi.

Qo‘mita tomonidan iste’molchilarning murojaatlarini ko‘rib chiqish samaradorligini oshirishga qaratilgan ushbu farmon ijrosi  yuzasidan “Fair tech” yagona axborot tizimini yaratish yuzasidan bugungi kunda ishlar boshlangan va 2025 yilning 1 dekabridan boshlab yangi tizim ishga tushiriladi.

«Iste’molchi murojaati» elektron tizimining afzalliklari shundan iboratki, onlayn tushgan har bir murojaatning yo‘nalishlari aniq bo‘ladi. Sohalari bo‘yicha mutasaddi idora va tashkilotlarga yo‘naltiriladi va ularni o‘rganish holatlari qo‘mita hamda barcha vazirlik va idoralar tomonidan qat’iy nazoratda bo‘ladi, monitoringini olib borishga ham imkoniyat tug‘iladi. Bu bilan tadbirkorlik sub’ekti va xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tomonidan masala qisqa muddatda hal etilishiga erishiladi. Shuningdek, tizimda korxonalarning onlayn ravishda murojaatlarni hal etayotgani bo‘yicha reytingi shakllantirib boriladi.

Qo‘mita “Iste’molchi murojaati” elektron tizimi va undan foydalanish tartib-qoidalari yuzasidan o‘zining rasmiy sahifalari va targ‘ibot tadbirlari orqali aholiga tegishli tavsiyalarni yetkazib boradi.  

<iframe width="791" height="445" src="https://www.youtube.com/embed/Sv9VvrYsbVU" title="&quot;Iste’molchi murojaati&quot; elektron tizimining afzalliklari nimada?" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Nigora Rahmonova,

Abror Sodiqov (video), Iskandar Ismatov (montaj), O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
"Iste’molchi murojaati" elektron tizimining afzalliklari nimada? (+video)