Isteʼmolçi huquqi qonun himoyasida
Andijon davlat texnika institutida isteʼmolçilar huquqlarini himoya qiliş, yoşlarning isteʼmol madaniyati va huquqiy bilimlarini yuksaltiriş, mazkur yönalişdagi tarğibot işlari samaradorligini oşiriş masalalariga bağişlangan huquqiy maslahatlar aksiyasi ötkazildi.
“Yuksaliş” harakati Andijon viloyati bölinmasi hamda Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlari tadqiqotlari markazi hamkorligida ötkazilgan mazkur tadbirda mutaxassislar, institut professor-öqituvçilari, talabalari iştirok etdi.
– Mazkur tadbirdan közlangan asosiy maqsad, aholi, xususan, yoşlarning isteʼmolçi sifatidagi huquqlari, qonuniy manfaatlari böyiça bilim va savodxonligini oşirişga qaratilgan, – deydi “Yuksaliş” harakati Andijon viloyati bölinmasi rahbari Diyorbek Turğunov. – Qolaversa, talaba yoşlarga bu borada kundalik hayotda duç kelişi mumkin bölgan muammolarining huquqiy yeçimlari haqida zarur tuşunçalar berişdan iborat.


Aksiya davomida Raqobatni rivojlantiriş va isteʼmolçilar huquqlari tadqiqotlari markazi mutaxassislari tomonidan iştirokçilarga isteʼmolçilarning huquq va majburiyatlari, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qiliş mexanizmlari yuzasidan maʼlumotlar berildi.
Jumladan, sifatsiz tovar sotib olingan holatda isteʼmolçi qanday huquqlarga ega ekani, nuqsonli tovarni almaştiriş yoki tölangan pulni qaytarib oliş tartibi, körsatilgan xizmat sifatiga nisbatan eʼtiroz bildiriş, isteʼmolçi huquqlari buzilganda tegişli taşkilotlarga murojaat qiliş tartibi kabi masalalarga alohida eʼtibor qaratildi.
Şuningdek, savdo va xizmat körsatiş sohasida isteʼmolçilarning qonuniy manfaatlarini taʼminlaş, huquqbuzarliklarning oldini oliş hamda öz huquqlarini amalda himoya qiliş usullari böyiça amaliy tuşuntirişlar berildi.


Tadbir iştirokçilari özlarini qiziqtirgan barça savollarga mutasaddi va mutaxassislardan batafsil javob oldi.
Uşbu huquqiy-maʼrifiy aksiya iştirokçilar hamda talaba yoşlarning huquqiy bilim, isteʼmolçilik madaniyatini yuksaltiriş, jamiyatda qonun ustuvorligini mustahkamlaşga xizmat qildi.
Faxriddin Ubaydullayev,
ÖzA muxbiri