Iste’dodli sportchilar maskani
Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 620 ga yaqin o‘g‘il-qiz sportning badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va akrobatika turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.
Jizzax viloyati madaniyat va sport ishlari boshqarmasiga qarashli gimnastikaga ixtisoslashtirilgan bolalar-o‘smirlar sport maktabida 620 ga yaqin o‘g‘il-qiz sportning badiiy gimnastika, sport gimnastikasi va akrobatika turlari bilan muntazam shug‘ullanmoqda.Bu yerda sportchi yoshlar uchun barcha sharoit yaratilgan. Maktab tarbiyalanuvchilari boshqa sport turlari qatorida sport gimnastikasi va badiiy gimnastika bo‘yicha nufuzli musobaqalarda sovrinli o‘rinlarni egallab kelayotgani mashg‘ulotlarning yuqori saviyada tashkil etilayotgani va malakali murabbiylar jalb qilinganidan dalolat beradi.