Kuni kecha Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Marmara dengizi bilan Qora dengizni bir-biriga bog‘lovchi yangi megaloyihaning qurilishiga start berdi.

To‘g‘rirog‘i, ushbu kanal Bosfor bo‘g‘ozining muqobili sanalib, uning Turkiya iqtisodiyoti uchun katta daromad keltirishi bashorat qilinmoqda.

"Bugun biz “Istanbul” kanalini qurilishiga start berar ekanmiz, bu bilan Turkiya taraqqiyotining yangi sahifasini ochgan bo‘lamiz, dedi Erdo‘g‘on kanal ustidan birinchi ko‘prik qurilishiga tosh qo‘yar ekan. — Kanal shaharning, Turkiyaning va butun xalqimiz farovonligi uchun xizmat qiladi", dedi u.

Davlat rahbari mazkur kanal qurilishiga tayyorgarlik borasida to‘xtalar ekan, chuqur tadqiqot ishlari olib borilgani, qurilishning atrof-muhitga ta’siri batafsil o‘rganilgani haqida ma’lum qildi. Kanal bo‘ylab turar joylar, istirohat bog‘lari, turistik ob’ektlar, rivojlangan texnologik hududlari barpo etilishi haqida gapirdi.

Endi “Istanbul” kanalining o‘zi haqida ikki og‘iz: Kanal yildan-yilga shaharga xavf solayotgan Bosfor bo‘g‘ozining muqobili bo‘ladi. Bosfordan yiliga 25 mingta kema o‘tishi maqbul sanaladi, lekin bugunga kelib ushbu suv yo‘lidan yiliga 45 mingtagacha kema suzib o‘tyapti. Agar unga muqobil bo‘lgan yana bir suv tarmog‘i qurilmasa, 2030 yilga kelib Bosfordan o‘tadigan kemalar soni uch barobarga ko‘payar ekan.

"Har yili 45 mingta kema Bosfor orqali o‘tadi. Katta kemalar shahar uchun xavf soladi, chunki ularda turli xil yuklar olib o‘tiladi. Agar yong‘in yoki boshqa falokat sodir bo‘ladigan bo‘lsa shahar uchun, uning madaniy qadriyatlari uchun katta ziyon yetadi", – dedi Erdo‘g‘on.

Erdo‘g‘onning xavotirida jon bor. Chunki Bosforda bunday hodisalar tez-tez bo‘lib turadi. Masalan, shu yilning may oyida tankerning boshqaruvi yo‘qotilgandan keyin Bosforda kemalar harakati to‘xtab qolgan edi. Qolaversa, zaxira o‘tish tarmog‘i bo‘lmaganligi uchun shu yil bahorda Suvaysh kanalida konteyner tashuvchi yuk kemasining suv yo‘liga ko‘ndalang turib qolishi dunyo savdo yo‘llaridan birining yopilib qolishiga sabab bo‘lgandi. Bosfordan esa Suvaysh kanaliga qaraganda uch barobar ko‘p kema o‘tadi. Panama kanali ham Bosfor bilan tenglasha olmaydi. Panama kanalidan o‘tadigan kemalar miqdori Bosfordan o‘tadigan kemalar sonining to‘rtdan biriga ham teng kelmaydi.  

Rejaga ko‘ra, "Istanbul" loyihasi 6 yilda qurib bitkaziladi. Uning qurilishiga 15 milliard dollar sarflanadi. Mablag‘ning bir qismi xorijiy investitsiyalar hisobiga jalb qilinishi kutilmoqda.  

Ekspertlar loyihaga ketgan xarajat 15 yilda qoplanishini aytmoqda, ya’ni ko‘riladigan foyda yiliga bir milliard dollarni tashkil etar ekan.

Turkiya tarixida ko‘p mega loyihalar amalga oshirilgan. Lekin mazkur loyiha avvalgilaridan o‘zining mahobati bilan ajralib turadi.  

Bosforning muqobili sanalayotgan ushbu sun’iy suv o‘tkazish yo‘li 45 kilometrga cho‘zilgan. U hatto Bosfordan 15 kilometrga uzun hisoblanadi. Kanalning eni 275 metr. Yangi kanal kuniga 185 ta kemani o‘tkaza oladi. Bosforda esa bu imkoniyat kuniga 118-125ta kema bilan cheklangandi.

Erdo‘g‘on ushbu yangi megaloyiha haqida o‘n yildan buyon gapirib keladi. Lekin uni hamma ham birdek ma’qullayotgani yo‘q. Masalan, unga Istanbul meri Akram Imamo‘g‘li ham qarshi chiqqan edi. U hatto kanal qurilishi bo‘yicha referendum o‘tkazishni ham taklif etdi. Qolaversa, ekologlar ham o‘z xavotirlarini yashirmayapti. Ularning ta’kidlashicha, kanal qurilishi Qora dengiz va Marmara dengizi ekotizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Zilzilalar ehtimolini ham hisobdan chiqarmaslik kerak, demoqda ular.

Kanalning siyosiy ahamiyati ham katta. Masalan, ayrim ekspertlarni uning Montryo Konvensiyasiga ta’siri qandayligi qiziqtirmoqda.  

Shu o‘rinda Montryo doktrinasi haqida ikki og‘iz: Ushbu doktrina bundan 85 yil avval imzolangan bo‘lib, u Bosfor va Dordanell bo‘g‘ozi orqali Qora dengizga o‘tuvchi kemalar qatnovini muvofiqlashtirib turadi. Mazkur hujjatga ko‘ra, savdo kemalari ushbu suv yo‘lidan erkin o‘ta oladi, lekin Turkiya ularning qatnovidan daromad olmaydi.

Qora dengizga chegaradosh bo‘lmagan mamlakatlarning harbiy kemalari qatnovi esa boshqa masala. Hujjatda ko‘rsatilganidek, Qora dengizga begona bo‘lgan mamlakatlar harbiy kemalari ushbu akvatoriyada uch haftadan ko‘p bo‘lmasligi kerak, shuningdek, ularning yuk ko‘tarish sig‘imi ham 45 ming tonnadan oshmasligi lozim.

Turkiyaning ta’kidlashicha, "Istanbul" Montryo Konvensiyasiga mone’lik qilmaydi, chunki uning konvensiyaga mutlaqo aloqasi yo‘q, ya’ni u sun’iy inshoot hisoblanadi. Ammo kanalning qurib bitkazilishi Anqaraning nufuzini oshirishi turgan gap.  

Boshqa bir ekspertlar esa, bu mutlaqo boshqa kanal ekani, u kelgusida Montryo doktrinasiga tahdid solishi mumkinligiga sha’ma qilmoqda.

Agar kanal qurib bitkazilsa, u Turkiya tarixidagi eng yirik loyiha hisoblanishi shubhasiz va Bosfor orqali o‘tayotgan kemalar miqdorini sezilarli ravishda kamaytiradi.

Turkiya o‘z tarixida ko‘plab megaloyihalarni amalga oshirgan. Bosfor orqali ikki qit’ani bog‘lab turuvchi osma ko‘priklar, Istanbuldan Izmirgacha qurilgan tezyurar avtomobil yo‘li, yangi aeroport, bunday megaloyihalar haqida ko‘p misol keltirish mumkin.  

Ko‘pchilik, “Istanbul” kanali qurilishini prezident Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning shaxsiy ambitsiyalaridan biri demoqda. Lekin so‘nggi yillarda Turkiyaning iqtisodiy, siyosiy va ilm-fan sohalarida erishayotgan yutuqlari hisobga olinadigan bo‘lsa, bu birgina Erdo‘g‘onning emas, balki iqtisodiy imkoniyatlari yildan-yilga oshib borayotgan qudratli Turkiya Respublikasining ambitsiyasi, deyilsa to‘g‘riroq bo‘ladi.

Saidmurod Rahimov, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Istanbul” kanali: Turkiyaning yana bir megaloyihasiga start berildi