Issiqxonalar ekologik ekspertizasi: tölov 2 million 860 ming söm, 38 million emas
Ijtimoiy tarmoqlarda issiqxona xöjaliklari uçun davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş tölovi 9 million sömdan 38 million sömgaça oşirilgani haqida video tarqaldi. Maʼlum qilinişiça, mazkur video tadbirkorlar bilan ötkazilgan oçiq muloqotdan uzib olingan. Unda Davlat ekologik ekspertizasi markazi mutaxassisi Ahror Yöldoşev ekologik ekspertiza tölovlari böyiça berilgan savolga javob bergan.
Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 11-maydagi tegişli qaroriga muvofiq, atrof-muhitga taʼsir körsatişning III toifasiga kiruvçi, tabiiy gaz, kömir va boşqa turdagi yoqilğida işlaydigan isitiş tizimlariga ega issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun BHMning 6,5 baravari miqdorida tölov belgilangan. Bu bugungi kunda 2 million 860 ming sömni taşkil etadi. Şuningdek, tarqalgan videoda issiqxona qozonlariga sertifikat beriş va buning uçun tölanadigan mablağlar ham davlat ekologik ekspertizasi töloviga kiritilişi haqida notöğri tasavvur paydo bölgan.
Davlat ekologik ekspertizasi matbuot xizmatiga köra, aslida issiqxona qozonlariga sertifikat beriş, laboratoriya tadqiqotlari, instrumental ölçovlar hamda atrof-muhitga taʼsirni baholaş böyiça loyihalarni işlab çiqiş xizmatlari Davlat ekologik ekspertizasi markazi vakolatiga kirmaydi. Bular alohida xizmat turlari hisoblanadi. Demak, issiqxona xöjaliklarini davlat ekologik ekspertizasidan ötkaziş uçun 38 million söm emas, balki 2 million 860 ming söm tölov amalga oşiriladi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA