Mamlakatimizda, xususan, Andijon viloyatida xorijlik investor va ishbilarmonlarning samarali faoliyat olib borishi uchun keng imkoniyatlar yaratilgan. Shu bois ham keyingi yillarda xorijlik, shu jumladan, xitoylik tadbirkorlar tomonidan qator loyihalar samarali amalga oshirilmoqda.

Jumladan, Xitoyning “Tianjiao HongAn Agriculturye HeignTech” kompaniyasi tomonidan Oltinko‘l tumanida barpo etilgan 13 gektarli issiqxonada sifatli qalampir va bulg‘or qalampiri yetishtirilmoqda. 

– Ushbu issiqxonada Xitoy texnologiyasi asosida yiliga 50 million tupdan ziyod qalampir va bulg‘or qalampiri ko‘chati yetishtiriladi, – deydi  xitoylik tadbirkor, “Tianjiao HongAn Agriculturye HeignTech” kompaniyasi rahbari Chen Fang. – Ko‘chatlar Andijon, Oltinko‘l va Jalaquduq tumanlaridagi 2 ming gektar ochiq yer maydoniga ekiladi. Yetishtirilgan mahsulot “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasida ishga tushirilgan korxonada qayta ishlanadi. 

Ayni kunda mazkur loyiha doirasidagi ishlar qizg‘in davom etmoqda. Issiqxonada sifatli, jahon standartlariga mos qalampir va bulg‘or qalampiri ko‘chatlari yetishtirilib, ekish uchun dalalarga yetkazib berilmoqda. 

Endilikda dalalarda yetishtirilgan mahsulotlar Andijon tumanidagi “Ipak yo‘li” erkin iqtisodiy zonasidagi korxonada qayta ishlanadi. Qalampirdan sanoatda bo‘yoq ishlab chiqariladi. 

Xitoydan keltirilgan ilg‘or va zamonaviy texnologik uskunalar bilan jihozlangan ushbu korxona yiliga 3,4 ming tonna qalampirni qayta ishlash quvvatiga ega. 

[gallery-23285]

Ushbu loyiha to‘la ishga tushgach, 200 nafar kishi doimiy, 400 nafar kishi mavsumiy ish bilan ta’minlanadi. Shu bilan birga yiliga 30 million dollarlik qalampir va qalampirdan olinadigan mahsulotlarni eksport qilish imkonini beradi. 

F. Ubaydullayev,

Z. Umrzoqov (foto), O‘zA muxbirlari

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiqxonada Xitoy texnologiyasi asosida qalampir ko‘chati yetishtirilmoqda