“Issiqko‘l” Toshkentdan ilk reysni kutib oldi
“Issiqko‘l” xalqaro aeroportida Toshkentdan amalga oshirilgan birinchi parvoz kutib olindi, deb xabar qildi “Manas” xalqaro aeroporti OAJ matbuot xizmati.
Toshkent – Issiqko‘l yo‘nalishini O‘zbekistonning “Silk Avia” aviakompaniyasi ochdi. Ilk reysda Toshkentdan Issiqko‘lga 50 nafar yo‘lovchi yetib keldi.

Qayd etilishicha, jadval bo‘yicha Toshkent – Issiqko‘l – Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha uchish seshanba, payshanba va yakshanba kunlariga to‘g‘ri keladi. Parvoz vaqti – ikki soat.
