Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyati Ton tumanida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan bunyod etilgan «Bo‘ston resort» dam olish majmuasining dastlabki bosqichi foydalanishga topshirildi.
Shu yil 12 iyul kuni muazzam ko‘l sohilida, tog‘lar etagida qad rostlagan «Bo‘ston Resort» dam olish maskanining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Unga O‘zbekiston va Qirg‘iziston kasaba uyushmalari faollari, ijodkor-ziyolilar hamda Qirg‘iz Respublikasidan faxriy mehmonlar taklif etildi.
Ular urf-odatlarimizga ko‘ra, karnay-surnay, doira sadolari ostida tantanali kutib olindi. Shu asno «Bo‘ston Resort» dam olish масканiniнг ramziy lentasi qirqildi. Qo‘y so‘yilib, qurbonlik marosimi o‘tkazildi. Qur’on tilovat qilindi. Yig‘ilganlar ikki mamlakatning istiqbolli hamkorligi, xalqlar o‘rtasidagi birodarlik, og‘a-ini, aka-ukachilik, quda-andachilik abadiy bo‘lishini tilab, duoga qo‘l ochdilar.
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov Issiqko‘l sohilida qad rostlagan «Bo‘ston Resort» dam olish мажмуасiniнг birinchi bosqichi tantanali ochilishi bilan yig‘ilganlarni samimiy muborakbod etdi.
Marosim davomida so‘zga chiqqanlar oxirgi yillarda ikki davlat o‘rtasida olib borilayotgan do‘stlik aloqalari, mamlakatlar rahbarlarining sa’y-harakati bilan katta o‘zgarishlar ro‘y bergani, xususan, chegaralar ochilgani, natijada xalqlar o‘zaro bordi-keldini qayta tiklashganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Darhaqiqat, so‘nggi yillarda ikki davlat rahbarlarining qat’iy сиёсий irodasi tufayli ikki tomonlama aloqalar yangicha shakl va mazmun kasb etib, misli ko‘rilmagan yutuqlarga erishilmoqda.
Xususan, 2023 yilda davlat rahbarlari tomonidan ikki tomonlama munosabatlarni sifat jihatidan yangi – keng qamrovli strategik шyerиклик darajasiga olib chiquvchi tarixiy Deklaratsiya imzolandi. Ana shu hujjatlar doirasida Qirg‘iz Республикасidaн O‘zbekistonga bir нечta пансионат qaytarib berildi. Ular orasida «Bo‘ston Resort» ham bor.
Pansionat bir vaqtlar O‘zbekистонniнг «Tashselmash» zavodiga qarashli bo‘lgan. O‘tgan asrning 70-yillarida qurilishi boshlanib, bir muddat mavsumiy faoliyat ko‘rsatgan. O‘sha vaqtda 6 ta kottej, oshxona, 2 ta 3 qavatli bino va yo‘lning qarama-qarshi tomonida xo‘jalik binolari bo‘lgan. 1984-1986 yillarda 7 qavatli bino qurilishi boshlanib, yakuniga yetmagan. Yillar o‘tishi bilan mazkur объектда ahvol yomonlashib, barcha binolar yaroqsiz holga kelib qolgan. Uzoq yillar umuman faoliyat yuritmagan.
Ayni vaqtda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tomonidan ushbu hududda davolash va dam olish majmuasi bunyod etish ishlari ketmoqda. Loyiha bo‘yicha kompleks ikki qism – mavsumiy dam olish maskani va yil davomida uzluksiz faoliyat ko‘rsatadigan sanatoriydan iborat bo‘ladi.
Hozir uning mavsumiy ishlaydigan qismida – «Bo‘ston resort» dam olish maskanida qurilish-montaj ishlari yakunlangan. Bu yerda 2 ta 3 qavatli bino to‘liq rekonstruksiya qilinib, 200 o‘rinli yotoq va ma’muriyat binosi, 250 o‘rinli restoran, katta ochiq cho‘milish havzasi, ochiq voleybol va futbol, bolalar maydonchalari, tashqi trenajyor maydonlari, ob’ektdan 500 metr uzoqlikda tashqi oqova suvni tozalash inshooti qurilgan. 500 metrga teng plyaj tashkil qilingan. Ko‘lga chiqish uchun 54 metrlik pristan o‘rnatilib, suv sayohati uchun kemalar sotib olingan.
Majmuaning yil davomida xizmat ko‘rsatadigan asosiy qismi – sanatoriyda esa 200 o‘ringa mo‘ljallangan 7 qavatli eski bino rekonstruksiya qilinib, ma’muriyat, qabulxona, yopiq suzish havzasi, davolash binosi, 200 o‘rinli restoran, bar hamda kafe, ochiq suzish havzasi bunyod etiladi. Shuningdek, sihatgoh uchun qorovulxona hamda avtomobillar turarjoyi, ko‘l bo‘yida kemalar hamda katamaran uchun turargoh va plyaj tashkil qilinadi.
Rezidensiya qismida esa 3 qavatli bino, ochiq va yopiq suzish havzasi, xizmatchilar uylari, avtomobil va vertolyotlar turarjoylari, dengiz bo‘yida ochiq ayvonli prichal va plyaj bunyod etiladi.
Ushbu dam olish va davolash мажмуаси jami 400 o‘rinli bo‘lib, iliq va issiq kunlarda 400, qish faslida esa 200, yil davomida qariyb 5 ming nafarga yaqin kishini qabul qilish imkoniga ega bo‘ladi.
Loyihaga ko‘ra, yangi sihatgoh gastroenterologiya, kardiologiya, nevrologiya, endokrinologiya, urologiya, tayanch-harakat, nafas yo‘llari kabi хасtaликларni davolashga ихтисослаштирилади.
Muxtasar aytganda, mazkur ob’ektning foydalanishga topshirilishi nafaqat mintaqa turizmini ривожлантирish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, balki iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash, xalqlarimizning yanada jipslashuviga xizmat qilishi shubhasiz.
Tadbir chog‘ida Sanator-kurortlar bosh boshqarmasi boshlig‘i Anvar Ahmedovga ramziy kalit topshirildi. Shuningdek, qurilish jarayonlarida faol ishtirok etgan mas’ullar va quruvchilar taqdirlandilar. Ularga o‘zbek urf-odatlariga asosan to‘n kiydirildi.
O‘zbek-qirg‘iz san’atkorlari ishtirokidagi konsert dasturida do‘stlik ohanglari yangradi.
G‘ulomjon MIRAHMEDOV, “Ishonch” muxbiri
Issiqko‘l ilhomlari
QO‘SHQOYA
2025 yil 12 iyul kuni Issiqko‘lda O‘zbekistonning
«Bo‘ston resort» dam olish maskani ochildi
O‘zbeklaru qirg‘izlar – bir tog‘ning qo‘sh qoyasi,
Azal-abad bittadir bu tog‘larning soyasi.
Dala-dashtu qir-adir, osmonimiz bittadir,
Ertak, matal, afsona, dostonimiz bittadir.
Ikki elning do‘stligi ahli dunga havasdir,
Bitta alpi Alpomish, bitta alpi Manasdir.
Bir nasabli bovurmiz, birdir nonu tuzimiz,
Bir yaylovda o‘ynoqlar qulunimiz, qo‘zimiz.
Qon-qardoshlik ildizi «Avesto»dan naridir,
Yurtimizning har guli, har chechagi paridir.
Buyuk Sharqda alvon nur Navoiyning navosi,
Samodek cheksiz surur Chingiz og‘am dahosi.
Xalqlarimiz shiddati Sayxun kabi toshgaydir,
Ulug‘ shonu shavkati qit’alardan oshgaydir.
Yulduzlarga yetgaydir hali ko‘rku savlati,
O‘zbekiston davlati, Qirg‘iziston davlati.
Issiqko‘ldek shaffofdir o‘zbek, qirg‘iz shevasi,
«Bo‘ston» sihatgohi ham shu daraxtning mevasi.
Endi «Bo‘ston» ikki xalq qo‘rg‘onida sinch bo‘lsin,
Mumtoz bo‘lsin yer yuzi, butun olam tinch bo‘lsin.
Xalqlarimiz do‘stligin ramzi bo‘lsin «Bo‘ston»im,
Kelajakning munavvar shamsi bo‘lsin «Bo‘ston»im.
Turkistonni to‘ldirsin To‘qmag‘ulning sozlari,
Burgutlarga aylansin Chatirko‘lning g‘ozlari.
Makon bo‘lsin to‘ylarga o‘zbek-qirg‘iz uylari,
To‘yxonaga aylansin Talas, Norin bo‘ylari.
Bir musht kabi inoqdir bugun keksa, yoshimiz,
Bir cho‘qqida qo‘noqdir ikki Karvonboshimiz.
Ikki Karvonboshi ham sheryurak, sherahdlidir,
Ikki gulshan gullari, ikki dunyo baxtlidir.
Omon bo‘lsin Turkiston, qadim Turon bor bo‘lsin,
Ikki dunyo ne’mati shu zaminga yor bo‘lsin!
Abdusaid KO‘CHIMOV
MEN SENGA OMONLIK TILAYMAN, QARDOSH!
Qirg‘iz Respublikasi Issiqko‘l viloyatining
Ton tumanida qad rostlagan «Bo‘ston resort»
dam olish maskani ochilishi munosabati bilan
Yelkasi yelkaga tutashgan havo,
Jilmayib har tongda yuzlanar quyosh.
Bugun yuraklarda yangrar xush navo,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
Chiroy ochsin deyman orzung, tilaging,
Deyman, ming shukrki, qildi taqdirdosh.
Bo‘ston bo‘lsin deyman uying, yuraging,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
Qiru adirimiz tutashib ketgan,
Tarix ham azaldan bo‘lgan chin sirdosh.
Xalqmiz bir-birovga mehrlar tutgan,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
Alpomish ovozi kelsa Boysundan,
Manas bo‘y ko‘rsatar bo‘lib do‘st, dildosh.
Ezgulik ko‘zlayman faqat men sendan,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
Chingiz og‘a ruhi bugun bo‘ldi shod,
Ikki el – biri ko‘z, biri esa qosh.
Birlashmoq qo‘shig‘in kuylatar hayot,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
Dunyoda bebaho tinchlik sururi,
Jonajon Vatanlar tomirdosh, qondosh.
Ishonchu oqibat faxri, g‘ururi,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
Toledan yarqirab baxt peshonasi,
Sarbonlaring bo‘lsin mudom senga bosh.
Bor bo‘lsin do‘stlikning bu nishonasi,
Men senga omonlik tilayman, qardosh!
O‘tkir RAHMAT
IKKI XALQ DO‘STLIGIN IBRATIDIR BU!
Niyati a’lolar dillari guldir,
Qurgan insonlarning qo‘llari guldir,
Yurgan daryo bo‘lsa, yo‘llari guldir,
Qirg‘iz qardoshimiz guli qo‘lida,
Bu kun o‘zbek mehmon qirg‘iz elida.
Issiqko‘l tabiat tabibi erur,
Ibn Sino tabiblar habibi erur,
Qurgan g‘urur qilsa, ko‘rganda surur,
Qutlagan tillarning qo‘sh toridir bu,
Sog‘ingan dillarning diydoridir bu.
Issiqko‘lda o‘zbek «Bo‘ston»ida biz,
Qirg‘iz xush havosin jahonidamiz,
Nazdimda qadriyat osmonida biz,
Yo‘q yerdan yurmaymiz ertaklar to‘qib,
Biz ko‘zga surganmiz «Manas»ni o‘qib.
Chingiz Aytmatovdek daho yurtida,
Sog‘uniydek ulug‘ siymo yurtida,
O‘zbek Solijoni fazo yurtida,
Albat quvonamiz qutlaymiz dildan,
Ulug‘lar ko‘p chiqqan qirg‘iz elidan.
Ikki sarbon ikki millat shonidir,
Turkiy xalqlar tinchligin posbonidir,
Ko‘rgin dunyo, bu tinchlik Turonidir,
Xalqlar birligining chirog‘i ular,
O‘zbekning, qirg‘izning qarog‘i ular.
Keling, qo‘lni oching, duo qilaylik,
Yaxshi duolarni shifo bilaylik,
Birlikni boshdagi humo bilaylik,
Qurgan bunyodkorlar qudratidir bu,
Ikki xalq do‘stligin ibratidir bu!
Mahmud TOIR,
O‘zbekiston xalq shoiri