"Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi tomonidan press-tur tashkil etildi.

Press-turning dastlabki manzili Toshkent shahar Bektemir tumanida joylashgan “Vodnik” qozonxonasi bo‘ldi.

Mazkur qozonxona 1984 yilda qurilib, ishga tushirilgan. Qozonxona shu mavzedagi mavjud turar-joy binolariga xizmat ko‘rsatgan. Vaqt o‘tishi bilan qozonxona uskunalarini me’yoriy holatda saqlash uchun ekspluatatsion xarajatlar oshib borgan. Qolaversa, qozonxonaning texnologik uskunalari eskirgan.

Ushbu qozonxonani rekonstruksiya qilish yaxshi natija bermasdi. Vaziyatning barcha jihatlarini hisobga olib, "Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi eski qozonxonani saqlab qolgan holda hududda yangi qozonxona qurishga qaror qildi. Qozonxona qurilishi jarayonida loyiha yechimlari ishlab chiqilib, Yevropa standartiga mos nasos qurilmalari va asosiy texnologik uskunalar bilan ta’minlandi.

Yangi qozonxonaning ishga tushishi bu hududni hamda yangi barpo etilgan turar-joy va ma’muriy-ijtimoiy ahamiyatga ega binolarni ham issiq suv bilan ta’minlash imkonini berdi. Yangi barpo etilgan “Vodnik” qozonxonasining quvvati 30 MVt. Qozonxona binosida 1 ta rezerv «o‘ringa» 10 MVt hajmli qozonxona uskunasi joylashtirilib, to‘liq quvvatda ishga tushirilgan. MIT tizimini suv bilan to‘ldirishda hisoblangan suv sarfi: 5 m3/s. Qozonlarning FIK 90 foizdan 97 foizgacha oshdi.

E’tiborlisi, issiqlik energiyasi mahalliy ehtiyojlarni qisqartirish hisobiga yiliga 550 Gkalga tejaladi.

Yangi “Vodnik” qozonxonasida samarador gaz qozonlari, avtomatik boshqaruv tizimi dizel yonilg‘ida ishlaydi. Uskunalarning xizmat qilish muddati 30 yilni tashkil etadi.

Iste’molchilarga uzatiladigan issiqlik ob-havoga moslanadi. Eng muhimi, yangi «Vodnik» qozonxonasi ishga tushishi bilan energiya resurslari tejaladi. Masalan, tabiiy gaz sarfi 1 672 ming m3 – 22,2 foizga, elektr energiyasi esa 223 ming kVt∙s – 20 foizga, sovuq suv 280 ming m3, ya’ni  44,1 foizga tejaladi.  

Bugungi kunda yangi “Vodnik” qozonxonasi 9 351 nafar aholiga, 79 ta turar-joy binosiga, 14 ta ijtimoiy ahamiyatga ega binoga xizmat ko‘rsatib kelmoqda.

***

Sergelidagi issiqlik ta’minoti tizimini yangilash shunchaki rekonstruksiya emas, balki haqiqiy sifatli sakrash bo‘ldi. Ushbu o‘zgarishlarning markazida joylashgan "Sanoatenergo" qozonxonasi eskirgan infratuzilmadan energiya samaradorligi bo‘yicha namunali ob’ektga aylantirildi.

"Sanoatenergo" qozonxonasi 1985 yilda qurilgan va ko‘p yillar davomida Sergelining turar-joy hamda sanoat hududlariga xizmat ko‘rsatgan. Vaqt o‘tishi bilan ob’ektga tushadigan yuklama kamaydi, manba va iste’molchilar o‘rtasidagi masofa issiqlik tashuvchi yo‘qotishlarga olib keldi. Bu esa yangi yechimlar qidirish zaruratini tug‘dirdi va aynan turar-joy massivining o‘zida zamonaviy qozonxona qurildi.

Bugungi kunda qozonlarning foydali ish koeffitsiyenti 90 foizdan 97 foizgacha oshdi. Yiliga 350 ming m³ gaz va 100 ming kVt·soat elektr energiyasi tejalmoqda. Qozonxonaning ichki ehtiyojlari va issiqlik yo‘qotishlari kamaydi.

Pilot loyiha doirasida  Sergeli tumani "Sanoatenergo" massivida 29 ta ko‘p qavatli uy, 2 ta byudjet tashkiloti qamrab olindi.

Issiq suv sifati sezilarli darajada oshdi. Samaradorlik ko‘rsatkichlariga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, tabiiy gaz sarfi 21,5 foizga, elektr energiyasi sarfi 41,7 foizga, sovuq suv sarfi 39,4 foizga kamaydi. Qozonxona samaradorligi 91,6 foizgacha oshdi. Issiqlik tarmoqlaridagi yo‘qotishlar 13,1 foizgacha kamaydi. Resurslarni tejash yiliga 1,9 milliard so‘mni tashkil etdi.

***

Press-tur davomida "Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi Dispetcherlik va sozlash boshqarmasi faoliyati bilan ham yaqindan tanishdik.

Qayd etilganidek, "Veolia Energy Tashkent kompaniyasi 2023 yil noyabr oyida issiqlik tizimini yanada samarali boshqarish maqsadida muhim islohot o‘tkazdi. Dispetcherlik va sozlash xizmatlari birlashtirilib, zamonaviy texnika va raqamli texnologiyalar bilan jihozlangan Dispetcherlik va sozlash boshqarmasi (DSB) tashkil etildi.

Bugungi kunda DSB butun shaharning issiqlik ta’minoti tizimini 24/7 rejimida kuzatib boradi, muvofiqlashtiradi va texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlaydi. Uning asosiy vazifasi – aholiga uzluksiz va barqaror issiqlik yetkazib berishni ta’minlash, tizimdagi yo‘qotishlarni kamaytirish va energiya samaradorligini oshirish.

Dispetcherlik markazi doimiy ravishda qozonxonalar, nasos stansiyalari va issiqlik tarmoqlarining ish rejimini kuzatib boradi, suv harorati va bosimini nazorat qiladi.

Sozlash guruhi esa tarmoqning texnik holatini o‘rganadi, kerakli hisob-kitoblarni amalga oshirib, tizimni to‘g‘ri ishlashi uchun sozlab boradi. Maxsus laboratoriya issiqlik tarmog‘ida yuzaga keladigan nosozliklarni yer kovlamasdan, zamonaviy uskunalar orqali aniqlaydi. Barcha jarayonlar raqamli tizim orqali avtomatik boshqariladi. Bu esa inson omilini kamaytiradi va muammolarga tezkor, aniq javob berish imkonini yaratadi.

Nazorat nuqtalari soni 13 tadan 374 tagacha oshirildi. Bu orqali tarmoqdagi real holat aniq ko‘rinib turadi. 212 ta maxsus texnika GPS orqali kuzatilmoqda – ularning joylashuvi va harakati onlayn nazorat qilinadi. Issiqlik tarmog‘ining elektron modeli yaratildi. U shaharning xaritasi asosida qurilgan va SCADA tizimiga ulangan. Mobil ilovalar ishlab chiqildi. Xodimlar bajarilgan ishlarni ilova orqali tizimga yuklab boradi. Bu ilovalardan foydalanish uchun 348 ta telefon xodimlarga taqdim etilgan.

– Dispetcherlik va sozlash xizmati tashkil etilgandan so‘ng issiqlik tizimini boshqarish ancha osonlashdi va samaradorlik sezilarli darajada oshdi, – deydi "Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi direktor o‘rinbosari Sevara Pardayeva. – Avvalgi yillarda issiqlikning katta qismi tarmoq orqali uzatilayotganda yo‘qolib ketar edi. Endilikda, real vaqt rejimidagi kuzatuv va texnik sozlashlar tufayli issiqlik yo‘qotishlari 41 foizdan 36 foizgacha kamaydi.

Tejashga erishilgan asosiy yo‘nalishlar natijasida 8,2 million kub metr texnik suv tejaldi. Bu katta miqdordagi issiqlik energiyasining saqlanishiga sabab bo‘ldi.  

***

Press-tur doirasida matbuot anjumani tashkil etildi.

Unda qayd etilishicha, Toshkent shahrida aholi va yuridik, byudjet tashkilotlarining issiq suvdan jami qarzdorligi 2025 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra, 386 milliard 546 million so‘mni tashkil etgan.

– Joriy yilning 1 iyun holatiga ko‘ra esa issiq suvdan qarzdorlik 353 milliard so‘mni tashkil etmoqda, – deydi "Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi Toshkent shahar issiqlik tarqatish boshqarmasi boshlig‘i Sherzod Belgiboyev. – Xususan, aholining 278 milliard so‘m,  yuridik shaxslarning hamda  byudjet tashkilotlarining 75 milliard so‘m qarzdorligi mavjud. 

– Toshkent shahrida issiq suv va issiqlik tizimiga onlayn hisoblagich o‘rnatiladi, – deydi "Veolia Energy Tashkent" kompaniyasi direktor o‘rinbosari Ikromjon Isoqov. – Onlayn hisoblagich 4G  orqali kompaniya tizimiga o‘zi ma’lumot beradi. Kompaniya hisobidan poytaxtlik aholi xonadonlariga onlayn hisoblagich o‘rnatilmoqda. Toshkent shahrida umumiy hisobda 400 mingta iste’molchi mavjud. Ularga jami 600 mingta hisoblagich o‘rnatilishi kerak. Hozirgi kunga qadar 11 ming 500 ta onlayn hisoblagich o‘rnatildi. Joriy yilda yana jami 75 mingta onlayn hisoblagich o‘rnatiladi. Natijada to‘lovlarda uchrayotgan tushunmovchiliklarning oldi olinadi. To‘lovlar shaffof bo‘lishiga xizmat qiladi.  

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/2-rpNrtH4R8" title="Veolia Energy Tashkent" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Issiq suv va issiqlik tizimiga onlayn hisoblagich o‘rnatiladi – "Veolia Energy Tashkent"