Isroilda Netanyaxuga qarshi namoyish davom etmoqda
Poytaxt Tel-Avivda Bosh vazir Binyamin Netanyaxuga qarshi Isroilda davom etayotgan namoyish ishtirokchilari G‘azo sektorida saqlanayotgan isroillik mahbuslarni almashish bo‘yicha kelishuvga erishilishini talab qilmoqda.
Olomon mamlakat Mudofaa vazirligi binosi oldida to‘planib, vazir Yoav Galantning ishdan bo‘shatilishi ehtimoliy “kelishuvni buzishga qaratilgan navbatdagi urinish” sifatida baholamoqda.
Odamlar Netanyaxu va uning hukumati a’zolariga qarshi shiorlar ko‘tarib olgan.
Isroil va xalqaro hamjamiyat Bosh vazirni XAMAS bilan asirlarni almashish qarorini siyosiy sababga ko‘ra imzolashdan bosh tortishda ayblamoqda.