Kecha Isroil bo‘ylab ommaviy norozilikning yangi to‘lqini kuzatildi, o‘n minglab odam Binyamin Netanyaxuning siyosati va hukumat taklif etayotgan sud-huquq islohotiga qo‘shilmasligini bildirdi. Eng yirik miting Tel-Avivda bo‘lib o‘tdi, deb yozdi “TASS”.

“Hukumat binosi oldida katta miting o‘tkazildi”, deyiladi xabarda.

 So‘zga chiqqanlar Netanyaxu va uning siyosiy yo‘nalishini keskin tanqid qilishdi, sud-huquq islohoti loyihasini qoralab, bu Isroil demokratiyasi yo‘qolishi va diktatura o‘rnatilishiga olib kelishini ta’kidladilar.

Isroilda ketma-ket oltinchi hafta shanba kuni muxolifat iashabbusi bilan ommaviy namoyish uyushtirilmoqda. Tel-Avivdan tashqari Quddus, Xayfa, Beer-Shevu, Netaniyada ham miting bo‘lib o‘tdi.

Isroil televideniyesi 12-kanali poytaxtdagi mitingda 145 mingga yaqin kishi qatnashgani, qolgan shaharlarda ham 10-50 ming atrofida namoyishchi to‘planganini aytgan.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroilda hukumatga qarshi namoyish davom ettirildi