Isroil va Livan tinchlikka bir qadam yaqinlashdi
AQSH vositachiligida o‘tkazilgan muzokaralardan so‘ng Isroil va Livan shartli ravishda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Qo‘shma bayonotga ko‘ra, kelishuv amal qilishi uchun “Hizbulloh” barcha hujumlarni to‘liq to‘xtatishi va janubiy Livan hududini tark etishi lozim. Shu bois kelishuvning amalda qanday ishlashi hozircha ochiq masala bo‘lib qolmoqda.
Vashingtondagi uchrashuvlar ikki tomon diplomatlari o‘rtasidagi to‘rtinchi to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot bo‘ldi. Muzokaralar natijasida Livan armiyasi to‘liq nazorat o‘rnatadigan maxsus hududlar tashkil etish bo‘yicha ham bi qarorga kelindi. Bu hududlarda davlatdan armiyasidan boshqa qurolli guruhlar bo‘lishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Kelishuv Isroilning so‘nggi haftalarda Livandagi harbiy amaliyotlarni kuchaytirishi fonida imzolandi. Isroil qo‘shinlari mamlakat ichkarisiga so‘nggi yigirma yilda kuzatilmagan darajada chuqur kirib borgan. Bu esa mojaroning yanada kengayishi haqidagi xavotirlarni kuchaytirgan edi.
Ayni paytda jangovar harakatlar to‘xtagani yo‘q. Chegara hududlarida raketa va dron hujumlari davom etmoqda. Livan janubiga bir qator zarbalar berilish oqibatida kamida to‘qqiz kishi halok bo‘lgani haqida xabarlar berilgan.
Donald Tramp Livandagi mojaroni Eron bilan bog‘liq muzokaralardan alohida ko‘rib chiqish tarafdori ekanini aytdi. Tehron esa aksincha, bu ikki masala o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlamoqda. Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi Bayrutga qarshi har qanday yangi hujum keng ko‘lamli urush qayta boshlanishiga olib kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Tomonlar 22-iyun oyida yana muzokara stoli atrofida yig‘ilishi kutilmoqda. Maqsad vaqtinchalik tinchlik emas, balki keng qamrovli va uzoq muddatli kelishuvga erishishdan iborat.
Musulmon Ziyo, O‘zA