Isroil Rafahga yangi zarba berdi (+video)
Falastinliklar shimolda jang qilayotgan bir vaqtda Isroil kuchlari G‘azo janubidagi Rafahga bostirib kirdi. Rafah g‘azoliklarning oxirgi qo‘nalg‘asi hisoblanadi. Isroil ushbu janubiy shaharning Falastin qismini o‘z nazoratiga olgan. Gumanitar yordam va yo‘lovchilar bo‘lgan transportlar dushman tanklari bilan to‘sib qo‘yilgani aytilmoqda.
G‘azodagi vaziyat kutilmagan tus oldi. Isroil harbiylari Rafahdagi operatsiyalarni davom etishini aytayotgan bo‘lsa, boshqa bir tomondan muzokaralar uchun Qohiraga delegatsiya yuborilishini ma’lum qilgan.
6-may kuni Isroil kuchlari Rafahdagi aholiga varaqalar tarqatish orqali aholini evakuatsiya qilish haqida ogohlantirgan. Shundan so‘ng HAMAS guruhi Qatar va Misr vositachiligida ishlab chiqilgan kelishuvga rozilik bildirdi. 9 oydan buyon urush holatida bo‘lgan falastinliklar o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi xushxabarni nishonlash uchun ko‘chalarga chiqib, qo‘shiq kuylashgan. Ammo 7-mayga o‘tar kechasi G‘azo janubidagi shaharga Isroil kuchlari hujum qilishi oqibatida 120 dan ortiq obekt vayron bo‘lgan, 20 ga yaqin insof vafot etdi.
Misr Isroilning Rafah operatsiyasini qoraladi. Mamlakat Tashqi ishlar vazirligi aynan ushbu hududdagi to‘qnashuv G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatishga erishish harakatlariga tahdid solayotganini aytgan.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/g-mjmORlTZg" title="Isroil Rafahga yangi zarba berdi" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Sardorbek Poyonov, Yoqubjon Meliboyev, Ulug‘bek To‘xtayev (video), O‘zA.