Professional boksning WBA yo‘nalishida eng o‘rta vazn toifasida jahon chempionligiga erishgan iste’dodli bokschimiz Isroil Madrimovga O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi buyrug‘iga muvofiq mayor maxsus unvoni topshirildi.

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida o‘tgan boks kechasida rossiyalik Magomed Qurbonovni mag‘lub etgan Madrimovga maxsus unvonni Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov topshirdi.  

Eslatib o‘tamiz, mayor maxsus unvoni bilan taqdirlangan bokschimiz poytaxt aeroportida tantanali kutib olish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovg‘asi — Chevrolet Tahoe avto mashinasi bilan mukofotlangandi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil Madrimovga mayor maxsus unvoni topshirildi