Xalqaro hamjamiyat Yaqin Sharqda, xususan G‘azo sektorida kechayotgan harbiy harakat, Isroilning harbiy amaliyoti sabab aholi orasida ko‘p qurbonlar berilayotgani, uylar, infratuzilma inshootlari vayron qilinayotganini qattiq iztirob bilan kuzatmoqda, begunoh bolalar, keksalar va ayollar o‘limiga guvoh bo‘lmoqda.

Ma’lumki, Isroil bilan Falastin o‘rtasidagi mojaro ildizi uzoq tarixga borib taqaladi va ko‘p vaqtdan buyon davom etib kelmoqda. Yaqinda “RIA Novosti” ikki mamlakat qarama-qarshiligi qachon boshlangani, jarayon qay tarzda kechgani, nima uchun XAMAS 2023 yil oktyabrda vaziyatni bunchalik darajada keskinlashtirib yuborishi va ikki tomonning urushi qanday yakun topishi bo‘yicha mutaxassislar fikrini jamlab, maqola e’lon qildi.

Tarixga nazar

10 вещей, которые надо знать об arabо-израильском конфликте | Асоціація  єврейських орgaнізацій та общин України (Ваад)

Isroil bilan Falastin o‘rtasidagi ziddiyat eng uzoq davom etgan qarama-qarshilik bo‘lib, 75 yildan buyon to‘xtagani yo‘q.

XX asr boshlanishi arafasida dunyo xaritasida Isroil yo‘q edi, yahudiylar diaspora bo‘lib, turli mamlakatlarda istiqomat qilib kelgan, lekin o‘sha vaqitTurkiya hukmi ostidagi Falastin bor edi.

– Falastin muammosi va Arab – Isroil nizosi kelib chiqishini tushunish uchun yuz yil ortga, ya’ni  XX  asr boshiga nazar tashlash kerak, – deydi Moskvadagi Davlat boshqaruvi universiteti Xalqaro hamkorlik boshqarmasi xalqaro loyihalarni amalga oshirish bo‘limi boshlig‘i Aleksandr Rudoy. – Birinchi jahon urushi tugagandan keyin dunyoni bo‘lib olish uchun navbatdagi kurash boshlandi. Germaniyaning ittifoqchisi Turkiya mag‘lubiyatga uchragan, Usmonlilar imperiyasi tarqalish jarayoni boshlangan payt. G‘olib davlatlar avval Turkiya ta’siri ostida bo‘lgan yirik hududlarni o‘zaro taqsimlashga kirishgan. 1916 yil Angliya, Fransiya va Rossiya Yaqin Sharqda o‘zaro manfaatni chegaralovchi maxfiy Sayks-Piko kelishuvini imzolaydi. Ularga Italiya ham qo‘shiladi. Kelishuv Falastin uchun xalqaro nazorat rejimini ko‘zda tutardi. O‘z navbatida ushbu tartib keyinroq Angliya nazorati bilan almashishi kerak edi. Biroz vaqt o‘tgach, 1919 yil Tinchlik bo‘yicha Parij konferensiyasi bo‘lib o‘tadi. Anjumanda mintaqaga to‘laligicha Millatlar ligasi Paktida ko‘rsatib o‘tilgan vakolat tizimi qo‘llanadi. Tegishli hujjat 1919 yil 28 iyunda imzolanadi va Germaniya bilan Versal tinchlik  shartnomasi kuchga kiradi.

Vakolat tizimidan ko‘zlangan maqsad yangi viloyatlarni rivojlangan mamlakatlar homiyligiga olish va asta-sekin o‘z-o‘zini  boshqarishga o‘tish uchun tayyorlash edi. Bu mustamlakachilik davridagi mustamlaka yurtlarning mustaqillikka nisbatan huquqini tan olishni nazarda tutuvchi murosa talabi edi. O‘shanda Falastin uchun vakolat Buyuk Britaniyaga tegdi.

Кроvavaя земля. Бриtanский мандат Палестины. Предыстория конфликта между  евреями и arabами - Газета.Ru

–Afsuski, oldinroq Buyuk Britaniya hukumati ahamiyati jihatidan bir-biriga qarshi ikki hal qiluvchi qarorni qabul qilgan edi deydi ekspert. – Dastlabkisi orqali Birinchi jahon urushi tamom bo‘lgandan keyin arablarga mustaqil Falastin hududini taqdim etish kafolati ko‘zda tutilgan. Ikkinchisi bilan Falastinda “yahudiy xalqi uchun milliy manzil” tashkil etish ma’qullangan Balfur deklaratsiyasi qabul qilingan. XIX asr oxiriga kelib, sionistik harakat paydo bo‘ldi va yahudiy davlatini tarixiy vatanida tiklash g‘oyasi ilgari surildi. Shundan keyin yahudiylar Falastinga ko‘chib kela boshladilar. Masalan, o‘shanda Falastinda yarim millionga yaqin odam yashagan, ulardan atigi 50 ming nafari yahudiy edi. Xullas, 1923 yil kuchga kirgan mandatning yakuniy ko‘rinishi ikkala qarama-qarshi tezisni ham qamrab olgan. Bir so‘z bilan aytganda, asta-sekin harakatga keladigan mina qo‘yib bo‘lingan, qolgani vaqt hukmiga tashlangan.

Почему воюют израильтяне и палестинцы? Причины и хронология главного  конфликта современности | informburo.kz

Birinchi jahon urushi tugagach, ko‘p o‘tmay yahudiylarning Falastinga ommaviy immigratsiyasi boshlandi. BMT veb-saytida keltirilishicha, o‘n yil davomida hududga 100 mingga yaqin yahudiy ko‘chib kelgan. Bu holat, tabiiyki, falastinliklarning keskin qarshiligiga sabab bo‘ldi. Umuman, 1920-yillarda uchta jiddiy to‘qnashuv yuz berdi. 1929 yil Falastin qo‘zg‘oloni boshlandi va 220 kishi halok bo‘lib, 530 kishi yaralandi. 1930-yillarda Falastinga 232 ming qonuniy migrant kirib kelgan. 1939 yilga kelib, Falastin aholisi taxminan 1,5 million kishini tashkil etdi, ularning 445 ming nafari yahudiy edi. 1933 yil Germaniyada natsistlar hokimiyat tepasiga kelib, yahudiylarga nisbatan ommaviy ta’qib boshlanganda yahudiy qochqinlarning Falastinga oqimi yanada tezlashdi. 1936 yil arablar va yahudiylar o‘rtasidagi to‘qnashuv keng ko‘lamli urushga aylandi. Falastin uchun milliy hukumat tuzish lozimligi ta’kidlandi. To‘polon sababini o‘rgangan komissiya ma’lumotiga ko‘ra, o‘shanda 1000 ga yaqin odam halok bo‘lgan. Mazkur qo‘zg‘olon Falastinning o‘n besh yillik qarshiligi cho‘qqisi edi.

Израиль, Палестина и протесты: война разделила мир на дva лагеря

– 1939 yil Ikkinchi jahon urushi boshlandi va muhojirlar oqimi yana avj oldi, – deydi tarixchi Anatoliy Sivov. – Norozilik davom etdi. Gitler Germaniyasi Buyuk Britaniyaning dushmani sifatida arablar va yahudiylar qarama-qarshiligidan mintaqani beqarorlashtirish va Britaniya imperiyasini zaiflashtirish uchun foydalanishga harakat qildi. Maxsus tuzilgan psixologik urush rejasini amalga oshirishda ko‘plab nemis agentlari ishtirok etdi. Urush tugagandan so‘ng Falastin taqdiri bilan bog‘liq masala SSSR, AQSH va Buyuk Britaniya manfaati kesishadigan kelajak dunyosi tuzilishining muhim muammolaridan biriga aylandi.

Oxir-oqibat Britaniya masalani 1947 yil tashkil etilgan Birlashgan Millatlar Tashkilotiga havola qildi.

– Falastin hududi sakkiz qismga bo‘lindi, uchtasi yahudiylar, uchtasi arab davlatiga o‘tkazildi, – deya masalaga izoh beradi Aleksandr Rudoy. – Yettinchi qismi yahudiylar hududidagi Yaffa arab anklaviga aylanishi, sakkizinchisi Quddus bo‘lishi kerak edi. Maxsus xalqaro rejim ostidagi alohida bo‘linma sifatida o‘tish davri ham boshlanishi ko‘zda tutilgan. Xullas, BMT boshqaruvni asta-sekin qo‘liga oldi va hududni hukumati tuzilgan ikki davlatga o‘tkazdi. Angliya 1948 yil 1 avgustga qadar qo‘shinini butunlay olib chiqishiga to‘g‘ri keldi. BMT rezolyutsiyasini Falastin tomoni qabul qilmadi. Arablar va yahudiylar o‘rtasida yana qurolli to‘qnashuv boshlandi. Guvohi bo‘lganimizdek, Falastin muammosi hamon mavjud, mojaro vaqti-vaqti bilan turli darajada shiddat bilan avj olib turgan.

XAMAS qanday tuzilma va 2023 yil nega Isroilga hujum qildi?

XAMAS призvaл к всемирным митинgaм против израильского rejimа - IRNA Pусский

Falastin chegarasi tutashmagan ikki hududga bo‘lingan. Birinchisi Iordan daryosining g‘arbiy sohili, ikkinchisi G‘azo sektori. 2007 yildan keyin Falastin davlatining har bir qismi o‘z hukumatiga ega, xalqni siyosiy kuchlar shaklida bashqaradi. G‘arbiy sohilda Falastin milliy ma’muriyati (FMM) tashkil etilgan, G‘azoda esa XAMAS (Islomiy qarshilik harakati) yetakchi.

– Ilgari tomonlar koalitsiyada edi, ammo 2007 yil kelishmovchilik tufayli bo‘lingan, – deydi RF hukumati huzuridagi Moliya universiteti xalqaro va jamoat huquqi kafedrasi dotsenti Igor Semenovskiy.

XAMAS paydo bo‘lishini falastinlik shayx Ahmad Yasin nomi bilan bog‘lashadi. Tuzilma 1987 yilgacha Misrdagi “Musulmon birodarlar” tashkilotining bir qismi sifatida ko‘rilgan.

– XAMAS mustaqillikka erishganiga qaramay, mavjud aloqa uzilgani yo‘q, – deydi tarix fanlari nomzodi, professor Vitaliy Tepikin. – Harakat yildan-yilga kuchayib bordi. Ahmad Yasin Falastin ijtimoiy infratuzilmasi uchun mablag‘ qidirdi. Natijada hududda bolalar bog‘chalari, maktablar, klinikalar qurildi, yangi do‘konlar ochildi. Boshda Isroil uchun XAMAS Falastinni ozod qilish radikal tashkilotidan ko‘ra afzal ko‘rindi. Yahudiylar yangi harakat sobiq harbiy-siyosiy kuch bilan raqobatlashayotganini ko‘rdi va Yasinga yordam bera boshladi. O‘tgan asr 80-yillari oxiri, 90-yillari boshida ayrim o‘zgarishlar yuz bera boshladi.

Восточный расчет: Израиль объявил о войне с XAMAS | Sтатьи | Известия

Falastin milliy ma’muriyati terrordan voz kechdi va Isroil bilan Falastin o‘zini o‘zi boshqarish bo‘yicha vaqtincha kelishuvni imzoladi. XAMAS esa ushbu kelishuvga rioya qilishdan bosh tortdi va kurashning terrorga tayangan usullarini qo‘llay boshladi.

XAMASni Yevropa Ittifoqi davlatlari, Isroil, AQSH, Kanada, Buyuk Britaniya va Yaponiya terror tashkiloti, deb ataydi. Xitoy, Rossiya, Turkiya, Norvegiya, Qatar va boshqa arab davlatlari esa harakatni “terrorchi”sifatidako‘rmaydi.

Islomiy qarshilik harakati yetakchilaridan birining rasmiy bayonotiga ko‘ra, 7 oktyabr kuni Isroilga hujum qilish qarorini oz sonli qo‘mondonlar ma’qullagan. Aslida, maqsad falastinlik asirlarga almashtirish uchun garovga olinganlarni qo‘lga olish bo‘lgan. Qolaversa, XAMAS tashkilotining jiddiy harakatiga “Isroil hukumatining o‘tgan yildagi harakatlari, jumladan Quddusdagi muqaddas joylarga ig‘vogarona uyushtirilgan ziyoratlar, falastinlik mahbuslarga nisbatan kuchaytirilgan bosim” turtki bo‘ldi, deyishmoqda ekspertlar.

S.Rahimov, O‘zA 

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isroil – Falastin: Mojaroning tarixi, sababi va ehtimoliy oqibati