Munosabat

O‘zbek xalqi azaldan to‘y va bayramlarni katta jamoa bo‘lib nishonlashni yaxshi ko‘radi. “To‘y” so‘zining o‘zi qadimdan keng yig‘in, ziyofat vatantana ma’nolarini ifodalagan. Biroq jamiyat rivoji bilan birga urf-odatlarimiz ham o‘zgarib borar ekan, ayrim marosimlardagi ortiqcha dabdaba va isrofgarchilik hamisha e’tirozlarga sabab bo‘lib kelmoqda.

Keyingi yillarda aholi orasida ayrim odatlar urf sifatida kengayib, milliy qadriyatlarimizga yot holatlar shakllanmoqda. Bu esa nafaqat iqtisodiy, balki ma’naviy jihatdan ham salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ortiqcha sarf-xarajat, manmanlik, isrof va riyokorlik bugun to‘y va marosimlarda uchrayotgan illatlardandir.

Masalan, kelin tushirish va xatna to‘ylarigaoid diniy manbalarda kamtarlik va iffat alohida ta’kidlangan bo‘lsa-da, bugun ko‘p holatlarda bume’yor unutilmoqda. To‘ylarda oziq-ovqatni isrofqilish, “sovg‘a, oldi-berdi” an’anasini raqs va raqobatga aylantirish holatlari ko‘paymoqda.

Ayniqsa, “kuyov sarpo”, mebel, qimmatbaho taqinchoqlar, sovg‘alar, dabdabali dasturxonlar vako‘p sonli mehmonlar – ko‘p oilalar uchun og‘ir moddiy yukka aylangan. Ba’zilar hatto shunday to‘ylar uchun qarz yoki kredit olishga majbur bo‘lishmoqda. Bu esa yosh oilalarning yangi hayotini qarz va ruhiy bosim bilan boshlashga olibkelmoqda.

Tadqiqotlarga ko‘ra, har bir to‘yda o‘rtacha300-500 kishi qatnashadi. Xarajatlar esa 50-100 million so‘mga yetadi. Oqibatda ko‘pchilik oilalar moliyaviy qiyinchilikka duch kelmoqda.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi kengashi va Senati Kengashining 2019 yil 14 sentyabrdagi qo‘shma qarori bilan “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishni tartibga solish to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlangan. Ushbu nizom 2020 yil 1 yanvardan kuchga kirgan va hozir ham qonuniy kuchga ega. Qo‘shma qaror va nizomga muvofiq, joylarda to‘y-hashamlarni 200-250 kishidan ko‘p bo‘lmagan, san’atkorlar ishtiroki ikki guruhdan oshmagan, dabdababozlik, hashamdorlik, pul sochish, shuhratparastlik kabi illatlarga yo‘l qo‘ymagan holda o‘tkazish belgilangan.  

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yil 21 aprelda “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni imzolandi. Uning doirasida ishlab chiqiladigan yigirmadan ortiq muhim hujjat orasida aynan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’rakalar va marosimlar o‘tkazilishini tartibga solish bo‘yicha qaror loyihasini borligi ham bejizga emas.

Bu orqali aholi orasida ma’naviy tarbiya va madaniyatni mustahkamlash, isrofgarchilikni cheklash ko‘zda tutilgan.

Shu maqsadda Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda bir qator vazirlik va idoralar tomonidan “Dolzarb 90 kun” mavsumi doirasida “Maromiylik” dasturi amalga oshirilmoqda. Dasturning asosiy g‘oyasi – “Ixchamlik bu – madaniyat” shiori ostida to‘y va marosimlarda oddiylik, kamtarlik va milliy qadriyatlarga muvofiqlikni keng targ‘ib etishdir.

Eng muhimi, qonun ustuvorligi va adolat tamoyillarini ta’minlash faqat davlat idoralarining emas, balki har bir fuqaroning ham burchidir.

Pardaxol NORQOBILOVA,

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazibosh mutaxassisi,

“Ayol ma’rifati” jamoatchilik kengashia’zosi.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Isrof va dabdaba ortidagi haqiqat: nega oddiylikdan uyalamiz?