Ispaniyadan bomba solingan jo‘natma to‘g‘risida xabar kelishda davom etmoqda
Xususan, “El Mundo” gazetasi xabar qilishicha, bombalar mamlakat Bosh vaziri Pedro Sanchesning xavfsizlik xizmati va Ispaniya mudofaa vazirligi xodimlari tomonidan aniqlangan. Bundan tashqari keyinroq portlovchi qurilma joylangan jo‘natmalar Ukrainaga qurol yetkazib beruvchi kompaniya, shuningdek, NATO tomonidan qisman foydalaniladigan Madrid yaqinidagi Ispaniyaning Torrexon-de-Ardoz aviabazasi sun’iy yo‘ldosh aloqasi binosi pochtasiga ham yuborilgan.
Eslatib o‘tamiz, chorshanba kuni Ukraina elchixonasida yuz bergan portlashga sabab bo‘lgan bomba konvertda kelgan bo‘lib, quti solingan paket Ukraina elchisi nomiga yuborilgan.
O‘zA