Ispaniya politsiyasi Kantabriya muxtoriyatida istiqomat qilayotgan 87 yoshli kampirni Santonya shahridagi giyohvand moddalar savdosi tarmog‘iga aloqadorlikda ayblab, qo‘lga oldi.
“Pais” gazetasi tegishli manbalarga tayanib yozishicha, fuqarolik gvardiyasi “momo”ni narkotik savdo bilan shug‘ullanuvchi guruhning to‘qqiz nafar a’zosi, olti erkak va uch ayol qatorida ushlagan. Politsiya Limpias shaharchasida o‘tkazilgan tezkor amaliyot natijasida 6,5 kilogrammdan ortiq zahri qotilni musodara qilgan.
Xabarda bu keksa ayol taqiqlangan mahsulotni uyi derazasidan, ba’zan yaqin atrofdagi barlarga olib borib sotgani ta’kidlangan.