23 may kuni World2Fly aviakompaniyasining Madriddan kelgan birinchi charter reysi Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Birinchi charter reysda 290 nafar yo‘lovchi, jumladan, sayyohlar, Ispaniyaning yirik turizm operatorlari, jurnalist va blogerlar keldi. Charter reyslar iyun oyi oxirigacha davom etadi va 2024 yil sentyabrdan oktyabrga qadar qayta tiklanadi.

“Avrud” turoperatori tomonidan tashkil etilgan mazkur charter reysning maqsadi O‘zbekistonga sayyohlar oqimini ko‘paytirish va turizmni rivojlantirishdir. Ushbu sayohat doirasida ispaniyalik turistlar mamlakatimizning tarixiy shaharlari – Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xivaga tashrif buyurishadi.

– Ispaniyadan O‘zbekistonga parvozlarni tashkil etish G‘arbiy Yevropadan yurtingizga yo‘lovchilar oqimini oshirish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ladi, – deydi “W2M Travel” menejeri Hugo Romero.

World2Fly – 2020 yilda tashkil etilgan va shtab-kvartirasi Palma-de-Mayrkada joylashgan. Aviakompaniyaning istiqboldagi rejalari qatoriga yana ham ko‘proq charter reyslarini amalga oshirish hamda Ispaniya va O‘zbekistonda turizm bozorini rivojlantirish kiradi.

2024 yil boshida Kannak sayyohlik kompaniyasi direktori Karlos Florido mazkur charter reyslar doirasida O‘zbekistonga sayyohlik yo‘nalishini ishlab chiqqanini aytgandi. 2023 yil mamlakatimizning Madriddagi elchixonasida Ispaniya sayyohlik kompaniyasi rahbari bilan ushbu davlatdan O‘zbekistonga to‘g‘ridan-to‘g‘ri va charter havo qatnovlarini yo‘lga qo‘yish hamda mamlakatning sayyohlik salohiyatini Ispaniya va Lotin Amerikasi hududlarida targ‘ib etish orqali turistlar oqimini oshirish muhokama qilingandi.

B.XUDOYBERDIEV,

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ispaniya aviakompaniyasi Toshkentga to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarni yo‘lga qo‘ydi