Ispaniya agrotexnikalari Özbekistonda ham joriy etilişi rejalaştirilmoqda
COP31 doirasida Özbekiston qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Ispaniya vaziri bilan uçraşib, qişloq xöjaligida hamkorlikni çuqurlaştiriş, ilğor tajriba va texnologiyalarni joriy etiş istiqbollarini muhokama qildi.
Zamonaviy texnologiyalar, suv resurslaridan oqilona foydalaniş, sifatli uruğçilik va ilğor agrotajriba agrar sohaning raqobatbardoşligini belgilamoqda. Şu maʼnoda, xorijiy davlatlarning ilğor tajribasini örganiş va uni milliy qişloq xöjaligiga tatbiq etiş muhim ahamiyat kasb etadi.
Turkiyaning Antaliya şahrida ötkazilayotgan BMTning Iqlim özgarişi böyiça 31-konferensiyasi — COP31 doirasida Özbekiston Respublikasi qişloq xöjaligi vaziri örinbosari Alişer Şukurov Ispaniya Qirolligi qişloq xöjaligi, baliqçilik va oziq-ovqat vaziri Luis Planas Puçades bilan uçraşdi. Muloqotda ikki mamlakat örtasida qişloq xöjaligi sohasida şakllangan hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari, özaro manfaatli loyihalarni amalga oşiriş hamda savdo-iqtisodiy aloqalarni yanada rivojlantiriş masalalari muhokama qilindi.
Şuningdek, suhbat jarayonida Toşkent şahrida taşkil etilgan Özbekiston–Ispaniya biznes-forumi yakunlari alohida eʼtibor markazida böldi. Unda erişilgan kelişuvlarni amaliyotga tatbiq etiş, istiqbolli qöşma loyihalarni şakllantiriş va ularni amalga oşiriş yuzasidan fikr almaşildi.
Hamkorlikning amaliy yönalişlari ham keng. Xususan, Ispaniyaning ilğor agrotexnologiyalari, issiqxonaçilik, uruğçilik, suv resurslarini boşqariş va agrologistika sohalaridagi tajribasini Özbekistonda joriy etiş masalalari körib çiqildi. Bundan taşqari, Ispaniyaning istiqbolli uzum navlarini mamlakatimizda yetiştiriş kölamini kengaytiriş va bu borada ilmiy-amaliy hamkorlikni rivojlantiriş yuzasidan takliflar bildirildi.
Uçraşuvda mintaqaviy hamkorlikni kengaytiriş taşabbusi ham ilgari surildi. Jumladan, 2027-yil bahor oylarida “Markaziy Osiyo – Ozarbayjon – Ispaniya” formatida xalqaro forum taşkil etiş, uning doirasida vazirlar uçraşuvi va biznes-forum ötkaziş taklifi muhokama qilindi.
Muzokaralar yakunida Toşkentda erişilgan kelişuvlarni izçil amalga oşiriş, yangi investitsiyaviy loyihalarni şakllantiriş va ikki mamlakat örtasidagi agrar hamkorlikni yanada kengaytiriş böyiça muloqotni davom ettirişga kelişildi.
Muhayyo Toşqorayeva,
ÖzA