Isoqjonova Dilfuzaxon Muxtorjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ona tili darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari” mavzusida
Isoqjonova Dilfuzaxon Muxtorjon qizining 13.00.03. – Maxsus pedagogika (pedagogika fanlari) ixtisosligi bo‘yicha “Ona tili darslarida eshitishida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchilarning muloqot ko‘nikmalarini shakllantirish texnologiyalari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti huzuridagi DSc.01/2025.27.12.Ped.03.03 raqamli Ilmiy kengashning 2026-yil 23-oktabr kuni soat 8:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100011, Toshkent shahri, Chilonzor tumani, Bunyodkor ko‘chasi, 27-uy, O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti
Tel.: (99871) 276-75-26; faks (99871) 276-76-51
e-mail: kengash@edu.uz