“O‘zaro nuqtali ta’sirlashuvchi ikki zarrachali sistemaga mos Shryodinger operatorlarining spektri haqida” mavzusida
Ismoilov G‘olibjon Ismoil o‘g‘lining 01.01.01 – Matematik analiz ixtisosligi bo‘yicha “O‘zaro nuqtali ta’sirlashuvchi ikki zarrachali sistemaga mos Shryodinger operatorlarining spektri haqida” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Samarqand davlat universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.30/30.12.2019.FM.02.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025-yil 14-noyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 140104, Samarqand shahri, Universitet xiyoboni, 15-uy. Sharof Rashidov nomli Samarqand davlat universiteti.
Tel.: (+998 66) 231 06 31
e-mail: patent@samdu.uz