Ismatov Baxtiyor Nigmatullayevichning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Siydik yo‘llari tuberkulyoz infeksiyasini kompleks diagnostikasi yondashuvlarini optimallashtirish” mavzusida
Ismatov Baxtiyor Nigmatullayevichning 14.00.26 – Ftiziatriya ixtisosligi bo‘yicha “Siydik yo‘llari tuberkulyoz infeksiyasini kompleks diagnostikasi yondashuvlarini optimallashtirish” mavzusidagi falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.04/01.04.2023.Tib.160.01 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 29 noyabr kuni soat 11:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100027, Toshkent shahri, Shayxontohur tumani, Majlisiy ko‘chasi, 1-uy. Akademik Sh.Alimov nomidagi Respublika ihtisoslashtirilgan ftiziatriya va pulmonologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
Tel.: (+99871) 278-04-70.
e-mail: resp.ftiz.ilmiy.m@ssv.uz