Davlatimiz mustaqilligining o‘ttiz to‘rt yilligi munosabati bilan mamlakatimiz elchixonasi tomonidan Islomobod shahrida tantanali marosim tashkil etildi. “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida o‘tkazilgan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi sadolari bilan boshlangan bayram tadbirida mamlakatimizning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev “mustaqillik mavhum so‘z emas, ko‘zlari chaqnab, qo‘lida kitob bilan ilk bor maktabga borayotgan bola tabassumi misol hayratni anglatuvchi mujda” ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston va Pokistonni nafaqat iqtisodiy manfaat, balki ko‘p asrlik mushtarak tarix, madaniyat va ma’naviyat bog‘lab turishi, bugungi kunda mavjud aloqalar ko‘lami yanada kengayib, ishonch, hurmat va birodarlikka asoslangan haqiqiy strategik sheriklikka aylanayotganiga alohida to‘xtaldi.

Joriy yil fevral oyida Bosh vazir Shahboz Sharifning diyorimizga rasmiy tashrifi muhim voqea bo‘lganiga e’tibor qaratib, “Rahbarlarimiz qo‘shma deklaratsiya va Strategik sheriklik Oliy kengashini tashkil etish to‘g‘risidagi bayonnomani imzoladilar, bu tarixiy qadam uzoq muddatli va ko‘p qirrali hamkorlikka asos soldi” dedi.

– Hozir tarixiy ahamiyatga molik loyihalar, birinchi navbatda nafaqat O‘zbekiston, Afg‘oniston va Pokiston, balki MDH davlatlarini Janubiy Osiyo bilan bog‘laydigan, mintaqaviy savdo va integratsiya uchun ulkan imkoniyatlar ochadigan Transafg‘on temir yo‘li ustida birgalikda ishlayapmiz, – deya so‘zini davom ettirdi A.To‘xtayev. – Tovar ayirboshlash jadal sur’at bilan o‘smoqda. 2024 yil ushbu ko‘rsatkich 404,5 million dollardan oshdi. Joriy yil dastlabki yetti oyida 320 million dollarni tashkil qildi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 126 foiz ko‘p. O‘zbekiston Pokistonning Markaziy Osiyodagi eng yirik savdo sherigiga aylandi. Yetakchilar o‘zaro savdo aylanmasini 2 milliard dollarga yetkazish rejasini belgilab bergan. Ko‘rgazmalar, savdo uylari, yangi havo yo‘llari ochish, madaniy almashinuvni kuchaytirish orqali ayni maqsad sari dadil odimlayapmiz. Bugun Mustaqillik bayramini nishonlash uchun bizning yonimizda turgan Pokiston hukumati va xalqiga, diplomatik korpus, ishbilarmon doira vakillari, akademiklar, madaniyat arboblari, ommaviy axborot vositalari va boshqa barcha do‘stlarimizga chuqur minnatdorlik bildiramiz.

Muharrama Pirmatova, O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islomobodda O‘zbekiston Mustaqilligining 34 yilligi nishonlandi