Munosabat

Mamlakatimizda keyingi yetti-sakkiz yilda dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga ajratilgan maydonlardan samarali foydalanish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qishloq aholisining bandligi va turmush darajasini oshirish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi.

Xususan, joriy yil fevral oyida qabul qilingan “Tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklari faoliyatida zamonaviy tashkiliy tizimni joriy qilish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident farmoni bilan tomorqa yerlari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanish, sohaga zamonaviy boshqaruv tizimini joriy etish, mahallalarning ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda yuqori daromadli va eksportbop mahsulotlar yetishtirish mexanizmlari joriy etildi.

Shuningdek, 2025 yil boshidan buyon 867 ta “og‘ir” toifadagi mahallaga suv chiqarish uchun 1,4 trillion so‘m mablag‘ ajratildi. Buning hisobiga 662 ming xonadondagi jami 80 ming gektar tomorqaga 25-30 yil ichida ilk bor suv yetib bordi. Bu o‘rtacha hisobda 3 milliondan oriq aholi hayotida ijobiy o‘zgarishlarga sabab bo‘lgan voqelik sanaladi.

Biroq, ayrim mas’ul idoralarning beparvoligi sabab 662 ming xonadonning barchasi ham serdaromad ekin ekib, 2-3 marta hosil olayotgani yo‘q. Sababi, ushbu aholi 1 so‘mlik suvdan 2–3 so‘mlik daromad olishga o‘rgatilmagan. Natijada, milliardlab mablag‘ evaziga tashkil etilgan infratuzilmadan to‘liq foydalanilmayapti. Bu esa, faqat suv yetib borishi bilan emas, balki lokal iqtisodiyot va tajriba yo‘li bilan to‘laligicha amalga oshirilishi kerak bo‘lgan jarayon hisoblandi.

Misol uchun, joriy yilda Qoraqalpog‘istondagi 89 ta mahallaga 150 milliard so‘m mablag‘ berilgan. Shu bois, mutasaddilarga bu mahallalarda tomorqadan 350-400 milliard so‘mlik qo‘shimcha mahsulot olish bo‘yicha tizim yaratish topshirildi. Bu shunchaki mablag‘ ajratish emas, ichki iqtisodiyotni jonlantirish, mahalliy aholini ish bilan ta’minlash, daromadini ko‘paytirish demakdir.

Qolaversa, har bir tumanda 5 tadan, jami 1 ming 156 ta drayver loyiha infratuzilmasiga 300 milliard so‘m ajratilgan. Lekin, Buxorodagi 27 ta, Navoiydagi 22 ta  loyiha bo‘yicha qurilish boshlanmagan. Jizzax, Qashqadaryo, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarida ham ishlar rejadan 1-2 oyga kechikmoqda.

Yoki bo‘lmasa 16 ta tumanning har birini jadal rivojlantirishga 70 milliard so‘mdan pul ajratildi. Birinchi bosqichda 336 milliard so‘m berilgani bilan Chimboy, Asaka, Chortoq tumanlari hokimlari o‘zi bergan loyihani qayta-qayta o‘zgartirib, vaqtni boy bermoqda, natijada aholi kutgan natija kechikmoqda. Bu esa, o‘sha hudud aholisi hayotida ro‘y berishi lozim bo‘lgan ijobiy o‘zgarishlarning o‘z vaqtida amalga oshmasligiga sabab bo‘lmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, ko‘pincha ushbu jarayonlarda deputatlar ishtiroki yetarli darajada bo‘lmayapti. Sababi, bugungi islohotlar jarayonida biz, deputatlarning ish stolida emas, maydonda – xalq ichida bo‘lishi islohotlar natijadorligi oshishiga xizmat qiladi.

Chunki, deputatlar mahalliy hokimiyat va ijro organlari ustidan nazorat funksiyasini faol amalga oshirsa hamda qonuniy asosda hal bo‘lmay kelayotgan masalalarni o‘z vaqtida Kengash muhokamasiga chiqarsagina joylarda kutilgan natijaga o‘z vaqtida erishish mumkin.

Har bir islohot, har bir farmon, har bir qaror odamlar hayotini yaxshilash uchun qabul qilinadi. Lekin ularning hayotda samara berish-bermasligi deputatlarning faolligi, halq bilan muloqoti, muammoning yechimini talab qilishga bo‘lgan жасоратига bog‘liq.

Dilrabo XOLBOEVA,

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining 

Agrar va suv xo‘jaligi masalalari 

qo‘mitasi raisi o‘rinbosari.

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar qog‘ozda emas, xalq ichida samara berishi kerak