Ichki ishlar vazirligi akademiyasida Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Qutbiddin Burxonov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Magistratura tinglovchilari, professor-o‘qituvchilar, yosh avlod vakillari ishtirok etgan tadbirda mamlakatimiz hayotida ro‘y berayotgan ulkan o‘zgarishlar, inson qadrini yuksaltirish yo‘lidagi keng qamrovli islohotlar, taraqqiyotimizning yangi davrini belgilab bergan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor g‘oya va maqsadlari yuzasidan atroflicha fikr almashildi. 

Ta’kidlab o‘tilganidek, muhtaram Prezidentimiz rahbarligida olib borilayotgan xalqparvar siyosat “inson – jamiyat – davlat” degan ezgu tamoyilning amaliy ro‘yobiga, adolat va demokratiya tamoyillarga asoslangan Yangi O‘zbekistonni barpo etishga xizmat qilmoqda. 

Qo‘mita raisi barcha jabhalar qatori parlament faoliyatiga to‘xtalar ekan, so‘nggi yillarda qonun ijodkorligi sohasi tubdan yangi bosqichga ko‘tarilganini ta’kidlab o‘tdi. Yangilangan Konstitutsiyamiz asosida qabul qilinayotgan qonunlar, avvalo, inson qadri va manfaatlarini ulug‘lashga, xalqimizni rozi qilishga qaratilgani bilan dolzarb mazmun-mohiyat kasb etayotgani aytildi. 

– Bugungi davr har birimizdan jamiyatning ilm-ma’rifatli vakili sifatida yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shishni, xalq koriga kamarbasta bo‘lishni talab etmoqda. Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, vijdoni, ma’naviyati bor inson Vatanini albatta yaxshi ko‘radi. Vijdon, ma’naviyat degani xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir, – dedi Qutbiddin Burxonov. 

Tadbir davomida akademiya boshlig‘i Rustam Xatamov ham so‘z olib, Oliy Majlis Senati bilan hamkorlikning yo‘lga qo‘yilgani soha uchun professional kadrlar tayyorlash, ayniqsa magistratura tinglovchilarining boshqaruvga oid salohiyatini yuksaltirish, ularni yurtimizdagi ulkan islohotlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar bilan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etayotganini e’tirof etdi. 

IIV akademiyasi Axborot xizmati, 

O‘zA

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar inson qadrini yuksaltirmoqda