2025 yil 7 may kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida tibbiyot sohasidagi islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida “Tibbiyotda 90 kunlik o‘zgarishlar” dasturi amalga oshirilishi e’lon qilindi. Ushbu dastur doirasida tibbiyot muassasalaridagi navbatni tartibga solish, kutish joylarini zamonaviylashtirish, “Ona va bola” xonalarini tashkil etish, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun infratuzilmani yaxshilash, sanitariya talablariga javob beradigan sharoitlarni yaratish kabi ustuvor yo‘nalishlar belgilandi.

Shu asosda Sirdaryo viloyatida hududiy sog‘liqni saqlash tizimi faoliyati tanqidiy baholandi. Viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Erkinjon Turdimov boshchiligida aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati, profilaktik tadbirlarni kengaytirish va shoshilinch tibbiy yordam tizimini mustahkamlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amalga oshirila boshlandi.

Olib borilgan o‘rganishlar natijasida viloyatdagi 139 ta tibbiyot muassasasida qator infratuzilmaviy va tashkiliy muammolar mavjudligi aniqlandi. Jumladan, 75 muassasada yoritish tizimi yetarli emas, 58 tasida devorlar ta’mirga muhtoj, 65 muassasada eshiklar va ma’lumot lavhalari yetishmaydi yoki yaroqsiz holatda. Shuningdek, 23 muassasada pollar sanitariya talablariga javob bermaydi, 32 muassasada yo‘laklar ta’mirga muhtoj, 79 muassasada yo‘naltiruvchi belgilar mavjud emas.

Bundan tashqari, statsionar muassasalarda chaqiruv tugmalari, ichki aloqa vositalari, shifokor qabullariga onlayn yozilish imkoniyatlari, bemorlar maxfiyligini ta’minlovchi parda va shirmalar kabi muhim jihatlar ham yetishmasligi qayd etildi.

– Mazkur kamchiliklar tahliliy yig‘ilishda atroflicha ko‘rib chiqildi va ularni bartaraf etish bo‘yicha qat’iy vazifalar belgilandi, – deydi Sirdaryo viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i Sanjar Xudoyberdiyev. – Qisqa vaqt ichida bir qator amaliy ishlar amalga oshirildi. 50 dan ortiq muassasada yoritish tizimi yangilandi, ta’mir talab devor va eshiklar almashtirildi, sanitar talablarga mos pollar yangilandi, kutish joylari zamonaviy ko‘rinishga keltirildi, shaxsiy gigiyena uchun sharoitlar yaratildi.

Shuningdek, tibbiyot muassasalarining ko‘pida “Ona va bola” xonalari tashkil etildi, nogironligi bo‘lgan fuqarolar uchun infratuzilmalar qisman moslashtirildi. 11 muassasada nogironlar uchun maxsus moslamalar o‘rnatildi. 50 muassasa parda va tibbiy shirmalar bilan jihozlanib, bemorlar maxfiyligi ta’minlandi.

Tibbiy xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash maqsadida statsionar muassasalarda chaqiruv tugmalari va ichki aloqa vositalari joriy etilmoqda, shifokor qabullariga onlayn yozilish tizimi faoliyatga kiritilmoqda. Shuningdek, gigiyenik vositalar bilan ta’minlash masalasiga ham jiddiy e’tibor qaratildi – viloyatdagi barcha tibbiyot muassasalari 700 million so‘mlik gigiyenik vositalar bilan ta’minlandi.

Bu galgi islohotlarning e’tiborga molik jihati – ular qog‘ozda emas, balki amaliyotda o‘z samarasini ko‘rsatmoqda. Haqiqiy o‘zgarishlar, joylardagi muloqotlar, fuqarolar roziligi va sohaga ishonchning ortayotgani – bu islohotlarning hayotiy va ta’sirchan bo‘layotganini tasdiqlaydi.

“Tibbiyotda 90 kunlik” dasturi orqali amalga oshirilayotgan ishlar nafaqat tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasini yaxshilashga, balki inson qadrini ulug‘lash, fuqarolarning hayot sifati va salomatligini ta’minlashga xizmat qilmoqda.  

G‘ulom Primov, O‘zA muxbiri

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Islohotlar hayotga jadal tatbiq etilmoqda