Islohotlar bekor qilinmaydi
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir Eduard Filippga siyosiy partiyalar yetakchilari va namoyishchilarning vakillari bilan uchrashishni tayinladi.
Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bosh vazir Eduard Filippga siyosiy partiyalar yetakchilari va namoyishchilarning vakillari bilan uchrashishni tayinladi.
“Reuters” agentligi xabariga koʻra, Argentinadagi sammitdan qaytgach, Prezident birinchi navbatda namoyishchilarning maʼlum qismi boʻlib turgan Yelisey saroyidagi Gʻalaba arkasiga bordi.
Makron bu borada xalqqa murojaat bilan chiqmaydi, hukumatda ham favqulodda holat joriy qilish masalasi koʻrilmagan. Hukumat matbuot kotibi Benjamen Grivo Makron muloqotga tayyorligini, islohotlar bekor qilinmasligini aytgan.
Maʼlumot uchun, Fransiyada hukumatning benzin va dizel yoqilgʻisiga soliqlarning oshirilishi boʻyicha qaroriga qarshi ommaviy namoyishlar 17 noyabrda boshlangandi.