Islohot, ilm va mehnat samarasi
Qiyin şaroitda ham yuksak natijaga erişiş mumkin. Buning uçun yerga mehr, mehnatga sadoqat, zamonaviy bilim va davlat tomonidan yaratilgan imkoniyatlar birlaşişi kerak. Olotlik paxtakorlar erişayotgan natijalar bu haqiqatni yana bir bor isbotlamoqda.
Prezidentimiz kuni keça dehqon va fermerlar, klaster xodimlari hamda barça dala mehnatkaşlarini Yangi Özbekiston tarixida ilk bor 5 million tonnadan ziyod paxta hosili yetiştirilgani va mamlakatimizda tarixiy rekord qayd etilgani bilan samimiy tabrikladi. Davlat rahbarining tabrigida Buxoro viloyati, xususan, Olot tumani paxtakorlarining mehnati va erişgan natijalari alohida eʼtirof etilgani esa hudud ahliga yanada kötarinkilik bağişladi.
Bu şunçaki raqam yoki navbatdagi işlab çiqariş körsatkiçi emas. Bu — yillar davomida amalga oşirilgan agrar islohotlar, yerga munosabatning özgarişi, zamonaviy texnologiyalar, ilm-fan yutuqlari va eng muhimi, dala mehnatkaşlarining fidokorona saʼy-harakatlari samarasidir.
Olotning tabiiy-iqlim şaroiti, ayniqsa, qişloq xöjaligi uçun öziga xos sinov. Tumanning katta qismi şörlaniş va çöllanişga moyil yerlardan iborat. Suv tanqisligi, tuproq tarkibi va iqlim şaroiti paxtadan yuqori hosil olişni osonlaştirmaydi. Ilgari bunday maydonlarda gektaridan 30–35 sentner hosil olişning özi katta natija hisoblangan. Biroq bugun manzara özgarmoqda. Agrar sohada amalga oşirilayotgan islohotlar, fermerlarga berilayotgan iqtisodiy erkinlik, ilmiy asoslangan agrotexnologiyalar va zamonaviy işlab çiqariş usullari natijasida Olot dalalarida ham yuqori hosildorlikka erişilmoqda.
Raqamlarga murojaat qilaylik: 2017-yilda tumanda paxta hosildorligi örtaça 30 sentner atrofida bölgan bölsa, joriy mavsumda ayrim körsatkiçlar keskin ösdi. Tuman miqyosida örtaça hosildorlik 52 sentnerdan oşgani, ayrim ilğor fermer xöjaliklarida esa gektaridan 100 sentnerdan ziyod paxta olingani bu özgarişlarning amaliy ifodasidir.
— Prezidentimiz doimo taʼkidlaydilar: najot — ilmda, najot — taʼlimda, bilimdadir. Bu fikrning naqadar hayotiy ekanini qişloq xöjaligidagi bugungi natijalar misolida ham köriş mumkin. Zero, endi dehqonçilikda faqat tajriba va anʼanaviy usullarga tayanişning özi kifoya qilmaydi. Yerning xususiyatini örganiş, suvdan oqilona foydalaniş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş va har bir agrotexnik tadbirni ilmiy asosda taşkil qiliş muhim ahamiyat kasb etmoqda, — deydi Olot tumani hokimi Nargiza Neʼmatova.

Uning taʼkidlaşiça, Prezidentimizning qişloq xöjaligi xodimlariga yöllagan tabrigida Olot tumanining yuqori hosildorlikka erişgan hududlar qatorida alohida qayd etilgani barça olotliklar uçun katta faxr. Bu eʼtirof, ayni paytda, kelgusi vazifalar va masʼuliyatni ham anglatadi.
Davlat rahbarining tabrigi tuman fermerlari, dehqonlari va klaster vakillari iştirokida öqib eşittirilgani ham bejiz emas. Zero, 5 million tonnalik umummilliy xirmonda har bir hududning, har bir fermerning, har bir paxtakorning munosib hissasi bor.
Olotdagi özgarişlarning eng taʼsirçan misollaridan biri — ilgari hosildorligi past bölgan çöl hududlarida bugun rekord natijalar qayd etilayotganidir.
Tumanda Ikrom Örinov rahbarlik qilayotgan fermer xöjaligi faoliyati bu borada alohida eʼtiborga loyiq. Ilgari gektaridan 30–35 sentner paxta oliş ham muşkul bölgan maydonlarda zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etiş, yer va suv resurslaridan samarali foydalaniş, agrotexnik tadbirlarni öz vaqtida bajariş orqali hosildorlik 100 sentnerdan oşirildi.
Bu natija birgina mavsumning omadi emas. Uning ortida izlaniş, tajriba, mehnat va yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalaniş turibdi.

— Muhtaram Prezidentimiz bizni — fermer va dehqonlarni mamlakatimizda 5 million tonnadan ziyod paxta hosili yetiştirilgani bilan tabrikladilar. Bu xabarni eşitib, juda faxrlandim, ğururlandim. Çunki ana şu ulkan xirmonda mening ham ozmi-köpmi hissam borligini his qilişning özi katta baxt.
Albatta, bunday natijalarga erişiş oson bölmadi. Ilgari gektaridan 25–30 sentner hosil olsak ham, şuning öziga şukr qilardik. Bugun esa davlatimiz tomonidan yaratilayotgan imkoniyatlar, amalga oşirilayotgan islohotlar, zamonaviy texnologiyalarni qöllaş orqali 100 sentnerdan ziyod hosil yetiştirişga erişdik.
Prezidentimizning bizga qaratayotgan eʼtibori va bildirgan işonçi zimmamizga yanada katta masʼuliyat yuklaydi. Kelgusida ham mehnatni kuçaytirib, bundan-da yuqori natijalarga erişiş uçun harakat qilamiz, — deydi fermer Ikrom Örinov.
Darhaqiqat, bugun paxtaçilikdagi asosiy özgariş şundaki, hosildorlikni oşiriş faqat köproq mehnat yoki köproq xarajat qiliş bilan emas, balki mavjud resurslardan töğri va samarali foydalaniş bilan boğliq bölib bormoqda. Ilmiy yondaşuv, zamonaviy agrotexnologiyalar, sifatli uruğlik, suv tejovçi usullar va mexanizatsiya — yuqori natijaga eltuvçi muhim omillardir.
Paxta hosili haqida gap ketganda, uni faqat dalada yetiştirilgan mahsulot sifatida baholaş töğri bölmaydi. Çunki paxtaçilik natijasi butun bir iqtisodiy zanjirga taʼsir körsatadi.

Yetiştirilgan xomaşyo paxta tozalaş korxonalari, töqimaçilik fabrikalari, ip-kalava va mato işlab çiqariş, tikuvçilik sanoati hamda yoğ-moy korxonalari uçun muhim resurs hisoblanadi. Bu esa yangi iş örinlari, qöşimça qiymat, eksport salohiyati va aholi daromadlarining oşişiga xizmat qiladi.
Şu maʼnoda, paxtaçilikdagi har bir ijobiy natija qişloq xöjaligining özi bilangina çeklanib qolmaydi. U hudud iqtisodiyotining boşqa tarmoqlariga ham yangi imkoniyatlar eşigini oçadi.
Olotda erişilayotgan natijalar ham ana şu jarayonning uzviy bir qismi. Eng muhimi, tumandagi paxtakorlar bugungi yutuqlar bilan çeklanib qolmoqçi emas. Kelgusi yilda hosildorlikni yanada oşiriş, ilğor tajribalarni keng ommalaştiriş va har bir gektar yerdan yuqori samara oliş asosiy maqsad qilib belgilangan.
— Prezidentimizning samimiy tabrigi bizga yanada katta kuç va işonç bağişladi. Bu eʼtirofni faqat bugungi mehnatimizga berilgan baho emas, balki kelgusi faoliyatimiz uçun yuksak masʼuliyat deb qabul qilamiz. Şu bois, 2027-yilda tumanda paxta hosildorligini örtaça 70 sentnerga yetkazişni maqsad qilganmiz, — deydi tuman hokimi Nargiza Neʼmatova.
Olot dalalaridagi bugungi manzara bir haqiqatni namoyon etmoqda: tabiiy şaroit qançalik murakkab bölmasin, töğri yondaşuv, ilm-fan yutuqlari, zamonaviy texnologiya va samarali mehnat orqali kutilgan natijaga erişiş mumkin.
Yangi Özbekistonda qişloq xöjaligini modernizatsiya qiliş, fermerlarning iqtisodiy manfaatdorligini oşiriş, yer va suv resurslaridan oqilona foydalaniş, agrar sohani ilm-fan bilan uyğunlaştirişga qaratilgan islohotlar aynan şunday imkoniyatlarni yuzaga çiqarmoqda.
Davlat rahbarining paxtakorlarga yöllagan tabrigidagi eʼtirof esa bu mehnatning qadri, natijalarning ahamiyati va inson omiliga qaratilayotgan yuksak eʼtiborning yana bir ifodasidir.
Eng muhimi, 5 million tonnadan ziyod paxta xirmoni — bu faqat tarixiy raqam emas. Bu yurt ravnaqi yölida birlaşgan minglab insonlarning mehnati, işonçi va fidoyiligining samarasi. Olotlik mirişkorlar esa çöl bağrida yetiştirgan möl hosili bilan uşbu umummilliy yutuqqa munosib hissa qöşişdi.
Zarif Komilov, ÖzA muxbiri