Isitiş mavsumida Orolböyidagi 68 mingdan ziyod oila imtiyozdan foydalanadi
Mamlakatimizda yoqilği-energetika resurslari narxlarining şakllanişida bosqiçma-bosqiç bozor tamoyillariga ötiş davrida aholini davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş maqsadida davlatimiz rahbarining 2026-yil 28-oktabrdagi “Yoqilği-energetika sohasida bozor tamoyillariga ötiş jarayonida aholini ijtimoiy qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi farmoni qabul qilindi.
Qiş mavsumi yaqinlaşişi bilan aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş masalasi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, isitiş mavsumida xonadonlarning kommunal va energiya xarajatlari ortadi. Aynan şuni hisobga olgan holda, davlat tomonidan yordamga muhtoj oilalar qöşimça moddiy jihatdan qöllab-quvvatlanadi. Aniqroği, Özbekiston Respublikasi Prezidentining yuqorida qayd etilgan farmoni asosida 2026-2027-yilgi isitiş mavsumida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga 1 million sömdan mablağ ajratilişi belgilangan.
Uşbu yordamning asosiy maqsadi, qiş mavsumida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qöllab-quvvatlaş, ularning turmuş şaroitlarini yengillaştiriş va energiya resurslaridan foydalaniş bilan boğliq qöşimça moliyaviy yuklamani kamaytirişdan iborat.
Farmonga muvofiq, oiladagi har bir aʼzoga töğri keladigan örtaça oylik daromadi minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan oşmaydigan oilalarga moliyaviy yordam körsatiladi. Bunda markazlaştirilgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi oilalar ham imtiyozdan foydalanişi mumkin. Qoraqalpoğiston Respublikasida mazkur mezon böyiça oilaning har bir aʼzosiga töğri keladigan örtaça oylik daromad minimal isteʼmol xarajatlarining ikki barobaridan oşmasligi lozim.
Imtiyozlarni taqdim etişda, birinçi navbatda, boquvçisini yöqotgan, tarkibida I yoki II guruh nogironligi bölgan şaxslar mavjud, nogironligi bölgan bolalarni parvarişlayotgan, özgalar parvarişiga muhtoj şaxslar yaşaydigan oilalarga ustuvorlik beriladi. Şuningdek, oila aʼzosi mehnat migratsiyasida bölgan, uzoq muddatli davolanişni talab etadigan kasallikka çalingan şaxslar istiqomat qiladigan, uç va undan ortiq oila bir xonadonda yaşaydigan, gaz taʼminoti mavjud bölmagan hamda markazlaştirilgan isitiş tizimiga ulanmagan köp qavatli uylardagi oilalar ham inobatga olinadi.
Farmon asosida 2026-2027-yilgi isitiş mavsumida Qoraqalpoğiston Respublikasida ijtimoiy qöllab-quvvatlaşga muhtoj 68 mingdan ziyod oilaga moliyaviy yordam körsatiş belgilangan.
Jumladan, Ijtimoiy reyestrga 1-oktabr holatiga kiritilgan 42 ming 76 ta, şu sanadan keyin reyestrga qöşilgan 2 ming 404 ta oila, yordamga muhtoj yolğiz yaşovçi nuroniylar va nogironligi bölgan 1 ming 560 nafar fuqaro, yetim hamda ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalar yaşaydigan 350 dan ortiq oila, şuningdek, mahallalar tomonidan qöşimça röyxatga kiritilgan 20 ming oila mazkur yordam bilan qamrab olinadi.
Bundan taşqari, markazlaştirilgan isitiş tizimiga ulangan köp qavatli uylarda yaşovçi 500 ta oilaga ham qiş mavsumida isitiş xarajatlarini qoplaş uçun bir martalik 1 million sömdan mablağ ajratiladi.
[gallery-32670]
Dovud Abibullayev, Maqsad Habibullayev (surat), ÖzA