Ijtimoiy tarmoqlarda «Ishtixon tumani hokimi murojaatchi ayolni perinatal markazidan tantanali ravishda olib chiqqani aks etgan video tarqalgan. Video ostida yozib qoldirilgan izohda esa hokimning bunday yo‘l tutishiga, Sog‘liqni saqlash tizimida avj olgan «suyunchi puli» sabab bo‘lgani qayd etilgan.

«Hokim masalaga aralashgani uchungina bu ayoldan «suyunchi» puli olinmadi, to‘g‘rirog‘i, qo‘rqishdi...» deyiladi yana izohda.  

Ishtixon tumani hokimligi matbuot xizmati xodimi Maqsud Tursunov ushbu tarqalgan xabar yuzasidan yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, dekabr oyida O‘zbekiston Prezidentining tashabbusi bilan Ishtixon tumani hokimi — Fazliddin Ro‘ziyev "Rovot" mahallasida xotin-qizlar uchun sayyor qabul o‘tkazgan. Qabul davomida o‘sha paytda homilador bo‘lgan ayol tuman hokimiga moddiy yordam so‘rab murojaat qilgan:  

«Nima yordam kerak deb hokim so‘raganida, ayol yaqinda ko‘zi yorishi, tug‘ruqxona xodimlariga berish uchun suyunchi puli kerakligini aytdi. Hokim murojaatchi ayolga o‘zi bosh bo‘lib, o‘z xizmat mashinasida tug‘ruqxonadan olib chiqishga va’da berdi va hech qanday xarajat bo‘lmasligini aytdi. Yangi yildan so‘ng ayolning ko‘zi yoridi.  

Tuman hokimi ta’tilda bo‘lgani bois, topshiriq ijrosini o‘z nazoratimizga oldik. Ayolni xursand qilish maqsadida xizmat hokimning mashinasi bilan tug‘ruqxonaga borib, hech qanday «suyunchi puli»siz chaqaloqni tantanali ravishda olib chiqdik», deydi matbuot xodimi xizmati xodimi.  

Batafsil videoda⬇️

<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/FWHeXNqzygQ" title="ISHTIXON HOKIMI MUROJAATCHI AYOLNI TUG‘RUQXONADAN O‘Z MASHINASIDA OLIB CHIQDI" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishtixon hokimi murojaatchi ayolni tug‘ruqxonadan o‘z mashinasida olib chiqdi (+video)