Sirdaryo viloyati bandlik bosh boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tgan 2021 yilda sohada ijobiy natijalarga erishildi. Yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasidagi ishlar natijasida, hududiy dasturlarga muvofiq, 16,9 mingta yangi ish joyi yaratilib, reja barcha tuman, shaharlarda ortig‘i bilan bajarildi.

Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar haqida Sirdaryo viloyati Bandlik bosh boshqarmasi boshlig‘i Murodjon Muhammadiyev O‘zA muxbiriga quyidagilarni gapirib berdi.

– Viloyatda ishlab chiqarish birlashmalarini tashkil etish, ularning a’zolari hamda aholi tomorqa xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi tomonidan tuman (shahar)larda tashkil etilgan 15 ta ishlab chiqarish kooperativlariga mingdan ortiq ishsiz fuqaro jalb etilib, ularga 2,2 mlrd. so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratildi, – deydi Murodjon Muhammadiyev. – Tuman, shahar Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan ish axtarib murojaat qilgan 13,9 ming nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirildi.

Ishga joylashtirilganlarning asosiy ulushi Guliston shahar (1674 nafar), Sirdaryo (1653 nafar), Boyovut (1516 nafar), Mirzaobod (1446 nafar) hamda Xovos tumanlariga (1277 nafar) to‘g‘ri keldi.

Bunda, asosiy e’tibor “Yoshlar” va “Ayollar” “Temir” daftarlarga kiritilgan ishsiz fuqarolar, kollej bitiruvchilari, muddatli harbiy xizmatdan qaytgan fuqarolarga qaratildi.

Shuningdek, 214 nafar band bo‘lmagan tomorqa yer egalariga yengil konstruksiyali issiqxonalar o‘rnatish uchun 1,1 mlrd. so‘mlik subsidiya mablag‘lari ajratildi.

Ish qidirayotgan fuqarolar uchun maqbul keladigan ishni axtarish muddatini qisqartirish maqsadida, 134 marotaba bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazilib, ushbu yarmarkalarda 1,4 ming nafar fuqaroga ishga joylashishi uchun yo‘llanmalar va 1,8 ming nafariga mehnat qonunchiligi yuzasidan xuquqiy maslahatlar berildi.

Bandlikka ko‘maklashish markazlari tomonidan o‘tgan davr mobaynida 16,2 ming nafar fuqaro jamoat ishlariga jalb etilib, ularga 12,7 mlrd. so‘mlik ish xaqlari to‘lab berildi.

Ishsizlarning mehnat bozoridagi raqobatga bardoshliligini kuchaytirish va ish bilan ta’minlash maqsadida 6,8 ming nafar ishsiz fuqaro iqtisodiyotda talab qilinayotgan mutaxassisliklar bo‘yicha kasbga qayta tayyorlandi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 31 oktyabrdagi “Yagona milliy mehnat tizimi” idoralararo dasturiy-apparat kompleksini joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi bo‘yicha bugungi kunga kelib viloyat hududida faoliyat ko‘rsatayotgan 15,6 mingta yuridik korxona va ularda ishlovchi xodimlardan 124,5 ming nafarining mehnat faoliyatiga oid ma’lumotlari "YAMMT" IDAK dasturiga kiritilishi ta’minlandi.

O‘tgan yili xorijiy davlatlarga tashkiliy va manzilli tarzda 2,6 ming nafar fuqaro  ishlash uchun yuborildi.

Rossiya Federatsiyasiga 10 ming nafar quruvchini yuborish “Pilot” loyihasi doirasida Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi bilan hamkorlikda Rossiya Federatsiyasidagi qurilish kompaniyalarining ishlariga viloyatdan 330 nafar ishchi tanlab olindi va yuz nafardan oshiq fuqaro tashkillashtirilgan holda ishga yuborildi.

Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan 191 ta byudjet tashkilotida belgilangan tartibda tekshirishlar o‘tkazildi va aniqlangan 806 ta kamchilikni bajarish yuzasidan yozma ko‘rsatmalar berilib, mansabdor shaxslarga 251,7 mln. so‘m, bo‘sh ish o‘rinlarini aniqlash borasida olib borilgan monitoring natijasida hisobotlarni o‘z vaqtida topshirmagan 85 ta korxona va tashkilot rahbarlariga 207,8 mln. so‘m miqdorida, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, ish topishda qiynaladigan va mehnat bozorida teng sharoitlarda raqobatlashishga qodir bo‘lmagan shaxslarga eng kam miqdordagi ish joylari yaratilishini ta’minlamagan 7 nafar mansabdor shaxsga 19,8 mln. so‘m jarimalar qo‘llanildi.

Yuz bergan oqibati og‘ir 36 ta baxtsiz hodisa maxsus tekshirildi hamda ish beruvchilarga bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar berilib, 14 mansabdor shaxsga nisbatan 20,1 mln. so‘m miqdorida ma’muriy jazo choralari qo‘llanildi.
Aholi bandligini ta’minlash maqsadida yangicha yondashuv asosida 2022 yilda viloyatda kambag‘allikni qisqartirish hamda aholi bandligini ta’minlash maqsadida ehtiyojdagi 51,6 mingta o‘rniga 52,6 mingta yangi ish o‘rni yaratilishi rejalashtirilmoqda.

Shu bilan birga, subsidiya ajratish va kasb-hunarga o‘qitish orqali 14,0 ming nafar fuqaroning bandligi ta’minlanadi, bunda, tomorqani rivojlantirish hisobiga ajratiladigan 7,2 mlrd. so‘m hisobiga 1,7 ming nafar, ish beruvchilarni rag‘batlantirish orqali ajratiladigan 2,9 mlrd. so‘m hisobiga 0,5 ming nafar, tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish orqali ajratiladigan 18,2 mlrd. so‘m hisobiga 4,2 ming nafar, kasb-hunarga o‘qitish uchun ajratiladigan 9,0 mlrd. so‘m mablag‘ hisobiga 7,7 ming nafar fuqaroning, qo‘shimcha imkoniyatlar hisobiga 16,7 ming nafar fuqaroning bandligini ta’minlash choralari ko‘riladi.

Ko‘riladigan chora-tadbirlar hisobiga ish o‘rinlariga bo‘lgan ehtiyoj qoplanadi.

Buning natijasida 2022 yilda ishsizlar sonini 29,7 ming nafarga, ishsizlik darajasini 7,8 foizga kamaytirish asosiy maqsaddir.

O‘zA muxbiri Shuhrat Suyarov yozib oldi.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
“Ishsizlikni kamaytirish asosiy maqsadimizdir”