O‘zbekiston xalq shoiri Omon Matjon tavalludining 80 yilligiga

O‘zbek adabiyotida XX asrning 60 yillariga kelib yangi bir avlod yetishib chiqdi. Bugungi kunda jahon adabiy jarayonida o‘zbek she’riyatining o‘rni haqida fikr yuritilganda ayni avlod vakillari tilga olinadi.  Ular Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Erkin Vohidov, Omon Matjon, Halima Xudoyberdiyeva, Gulchehra Nurullayeva va boshqa zabardast ijodkorlardir. 

Atoqli shoir Omon Matjon bu davr o‘zbek adabiyotiga janriy-shakliy va g‘oyaviy-badiiy jihatlardan yangi ruh, yangi uslub, yangicha mazmun olib kirganlardan sanaladi. Shoirning ijodkor sifatida shakllanishi Samarqand davlat universiteti adabiy-ilmiy muhitida kechgan va aksariyat o‘zbek adabiyoti darg‘alari qatori ijodining qaynoq damlari, ilhom onlari Toshkent adabiy jarayoni bilan chambarchas bog‘lanadi. 

Shoir o‘tgan asr 70-80 yillarida o‘zbek she’riyatining porloq yulduzi darajasiga ko‘tarildi. Shu yillari va keyinchalik shoirning 20 dan ortiq kitoblari jo‘shqin ijod mahsuli sifatida nashr etildi. Bu kitoblarda jamlangan ijod namunalari o‘zbek badiiy-estetik tafakkur olami taraqqiyoti uchun ulkan hissa bo‘lib qo‘shildi. U jahon adabiyotining ulkan namoyondalari Fridrix  Shiller, Sharl Bodler, Yevgeniy Yevtushenko, Berdi Kerboboyev, Suxrob Toxir, Ibrohim Yusupov, Rasul Hamzatov va boshqalar asarlari bilan o‘zbek kitobxonlarini bahramand etdi. Shuni ta’kidlash kerakki, qadim Xorazm tarixi va madaniyati, adabiyoti va san’ati jahon xalqlarini hayratga solib keladi. Bu yurtda islom madaniyatining qaror topishi bilan mumtoz adabiyot ham jadallik bilan rivojlanadi, Sharq va turkiy xalqlar adabiyoti an’analarini o‘ziga xos uslubda izchil davom ettiruvchi adabiy muhit vujudga keladi va uning ulug‘ siymolari yetishib chiqadi. 

Omon Matjon bir jihatdan ana shu olamshumul madaniyat va adabiyotning chinakkam vorisi, yangi muhitdagi davomchisi hisoblanadi. Shuning uchun shoir asarlarida zamonaviy she’riyat poetikasi bilan birga mumtoz ohanglarga sadoqat, izdoshlik yaqqol namoyon bo‘ladi. Uning “Ochil, ey gul, gul vaqting bo‘ldi”, “Dilimning rangini gul bilsa bo‘ldi”, “Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas”, “Umr o‘tar, vaqt o‘tar...”, “Quyosh tong oldida qizargan kabi” klassik asarlarida Sharq g‘azalchilik, to‘rtlik shaklidagi hikmatlarida ruboiynavislik an’analari ohanglari yaqqol seziladi. Shu o‘rinda Alisher Navoiy siymosiga e’tibor qaratish kerak, uning ijodi o‘zigacha yaratilgan mumtoz asarlar cho‘qqisi va o‘zidan keyingi adabiyot uchun ilhom manbai bo‘lib kelgan edi. Alisher Navoiy ijod an’analari Xuroson va Movarounnahr adabiy hayotida badiiyat o‘lchamlarini belgilovchi xazinaga aylangan edi. Bu, jumladan, Movaraunnahr – Turkistonning Xorazm, Qo‘qon va Buxoro hududlariga aylanib, badiiy ijodning alohida adabiy muhit tarzida davom etganligida ham o‘z aksini topib boradi. O‘zbek mumtoz adabiyotida Alisher Navoiyga izdoshlik masalalari atroflicha o‘rganilgani holda zamonaviy o‘zbek she’riyati misolida shoir va umuman mumtoz an’analarga hamnafaslik yetarlicha tadqiq etilgan emas. Masalaga shu nuqtai nazardan yondashilsa, Omon Matjon ijodiy tajribalari yuksak mahorat namunasi bo‘lib xizmat qiladi.

Shoir she’riyati bir tomonida mumtoz adabiyot mavzu va ohanglarida yozilgan asarlar turkumi tursa, ikkinchi tomonida  bevosita klassik asarlarga bitilgan muxammaslar turadi. Bu jihatdan Omon Matjon o‘zbek mumtoz adabiyotining buyuk vakili Alisher Navoiy va Muhammadrizo Ogahiy an’analarini bevosita davom ettiradi. Bunda ham, fikrimizcha, shoir yurtdoshi Ogahiy yo‘lidan borib, hazrat Alisher Navoiy g‘azallariga muxammaslar bag‘ishlaydi. 

Shoirning shunday asarlaridan biri Alisher Navoiyning mashhur klassik asari bo‘lgan “avvalgilarg‘a o‘xshamas” radifli g‘azaliga bitilgan muxammasidir. Bu an’ana, ya’ni muxammas bag‘ishlash san’ati, mumtoz she’riyatimizning yuksak bir poetik hodisalaridan sanaladi. Uni zamonaviy she’riyat tabiati bilan bog‘lab rivojlantirish esa har qanday iqtidor egasining ham qo‘lidan kelavermaydigan, alohida qobiliyat talab etadigan masaladir. Chunki bunda nafaqat ikki ijodkor, balki davr ruhi ham bir o‘zanda o‘zaro yaqinlik kasb etishi lozim. Omon Matjon ana shunday hamohanglikni she’r va shoirlik uchun azaliy bo‘lgan mavzu va motivlar orqali inkishof etadi. Shoir olti bandli muxammasda uzoq davrlar orasidagi manzara va holatlarni bir o‘zaro poetik hodisaga aylantira oladi. Odatda mumtoz an’ana sifatida muxammas bag‘ishlash qonuniyatlariga ko‘ra, g‘azal shakliy jihatlari muxammasda to‘liq saqlanadi, faqat ikkilik beshlikka almashadi. Shoir mahorati shundaki, ana shu shakl uyg‘unligini mazmunda ham aks ettiradi. Shunga binoan ilk bandda “Bu damda aylanuvchi falakning qiyofasi ham, taqdir yozuqlarini bituvchi ham, insonning qadr-qimmati ham, ko‘ngildagi dardu g‘am ham, “ul oy”, ya’ni mahbuba hajri ham” avvalgilarga o‘xshamasligi ta’kidlanadi. Alisher Navoiy g‘azalida “dard”, “g‘am”, “hajr” avvalgilarga o‘xshamasligiga urg‘u beriladi va unda zamon asar mohiyatidan kelib chiqiladi. Omon Matjon esa zamonni aniq qilib “bu dam” deydi. Chunki bu davrda O‘zbekiston tarixida ham “avvalgilarga o‘xshamaydigan” yangi bir uyg‘onish pallasi yuzaga kelgan edi. Alisher Navoiy oshiq ko‘ngilga e’tibor qaratadi. Omon Matjon unda qo‘yilgan masalani “falak”, “taqdir”, “inson” tushunchalari bilan kengaytiradi, ijtimoiy ruh kasb ettiradi. Shu o‘rinda ko‘rinadiki, bunda lirik qahramon va ijodkor shaxsiyati omilini ta’min etadigan makon-zamon o‘zgayu, biroq tuyg‘u hamnafasdir. Bu muxammas bag‘ishlashning klassik namunasidir. 

Charx avzoyi bu dam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kotibu davru raqam avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Endi inson qadri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Ko‘nglum ichra dardu g‘am avvalgilarg‘a o‘xshamas,

Kim ul oyning hajri ham avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Odatda muxammas bag‘ishlash an’anasining adabiy qonuniyatlariga ko‘ra, keyingi bandlarda barcha masalalar bir o‘zanda birlashishi, bir mohiyatga intilishi talab etiladi. Omon Matjon bandning dastlabki misralarida tamsil qidiradi. Uningcha, bu jahon (dunyo) tun va tong bahslashadigan bitta hujradir. Bunda shoir quyosh savdosiga shamlar qanday hakamlik qiladi deb tunni sham, tongni quyosh bilan qiyoslaydi va e’tiborni azaliy ishq savdosiga qaratadi. Unga ko‘ra, ishq inson mohiyatidir. Hatto Shirin va Layli ham ishq ichra emasdir, chunki chin mahbuba (sanam) ishqda avvalgilarga o‘xshamaydi. Bu o‘rinda ikki masala e’tiborni tortadi. Birinchisi ma’shuqaning “sanam” deb yuritilishi bo‘lsa, ikkinchisi Shirin va Layli talmihidir. Gap shundaki, odatda but-sanam islom ta’limotiga zid tushuncha ekanligini bilamiz, ammo shoir masalani ana shu zidlik fondida ochib beradi. Shundan Omon Matjonning ham talqinni zid tamsillar (antiteza) bilan tun va tong, quyosh va sham tarzida detallashtirishi asarda mantiq uyg‘unligini ta’minlaydi. Shirin va Layli qissalariga murojaat esa ishq masalani birlashtirishga xizmat qiladi.

Bul jahon tun birla tong bahs etar bir hujrakim,

Voh, quyosh savdosig‘a shamlar nechuk bo‘ldi hakim,

Ishq, bu – o‘z umrim, anga nechuk qasamlar ichmakim,

Demangiz Shirinu Layli oncha bor ishq ichrakim,

Xo‘blikda ul sanam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Muxammasning keyingi bandida badiiy tasvirlarning barcha yo‘nalishi “alam” mavzusiga qarab ketadi. She’rda aytilishicha, kimki bir ulug‘ ishga jazm etdimi, unga jonini tikishi darkordir. Bu ulug‘ yumush qarshisida chiqadigan mashaqqatlarni yengishdan or qilmasligi lozimdir. Shoir shu fikrni aytadiyu, yana falakdan hech kimsani boshlagan ishini besamar etmasligini so‘raydi. Chunki oshiq ishq dardida qancha alamlar tortdi, biroq ma’shuqa o‘zga yorni ixtiyor etdi. Bu oshiq uchun alamli o‘lim, o‘lim bo‘lganda ham avvalgilarga o‘xshamaydigan o‘limdir. Bunda kishining ulug‘ deb bilgan ishiga jonini ato etishi, qancha qiyinchiliklar bo‘lsa ham yengib o‘tishi va maqsadning amalga oshmasligi bir alam, lekin bu alam mohiyatsiz, o‘tkinchi bir hodisa emas, balki ayni mohiyatning o‘zidir. Chunki oshiqning murodi mana shu mangu alamga yetishidir. Aks holda Navoiy boshqa bir asarida “g‘amning yo‘qligi bu  g‘amdir, alamning yo‘qligi alamdir” -  demagan bo‘lar edi.  Ana shu qadim Sharq donishmandligi, hikmati. Bu falsafani shoir Omon Matjon chuqur anglaydi va shu hikmatga hamohang satrlar bitadi.

Qay kishikim bir ulug‘ ishga etibdi jon nisor,

Shiddati pastu baland kelganda ham bo‘lmaydi or,

Ey falak, hech kimni etma besamar yo‘llarda xor,

Javridin erdi alamlar, emdi tutmish o‘zga yor,

O‘lmishamkim, bu alam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Asarda fikrlar o‘zani asta-sekin ishq, irfon, foniylik masalalari tomon buriladi, ona Sharq ma’rifati xotirga olinadi. Bunda she’r lirik qahramoni jaholat va zulmat iskanjasidan qochishga intiladi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki, aslida ona Sharq toji – bu ma’rifat va basirat olamidir. Undagi shaxsiyat Haqning bodasidan mast, o‘tkinchi-foniy dunyo yolg‘onlaridan yiroq bir mansublikdir, xayollari ilohiy ishq bilan banddir, uni zulmatda, yolg‘onda uyg‘otish mumkin emas. Bunday shaxsiyat ishqini Farhod va Majnun ishqiga ham o‘xshatib bo‘lmaydi. Chunki Sharq falsafasiga ko‘ra ham Farhod, Majnun, Vomiq haqiqiy ishqda majoz sanaladi. Shu bois bu xarob olam avvalgilarga o‘xshamaydi. Albatta, bu o‘rinda olam tushunchasi o‘tkinchi dunyoga nisbatan ishlatilgan. Ko‘rinadiki, zamonaviy lirik qahramon ham mumtoz qahramon singari ishqi haqiqat tarafdori sifatida namoyon bo‘ladi va ikki ulug‘ ijodkorning hayot va inson haqidagi qarashlarini bir manzilda birlashtiradi. 

Ona Sharq tojin kiyur! Zulmatda ushlatmang meni,

Bodayi haq mastiman, yolg‘onga uyg‘otmang meni,

O‘z xayolimg‘a qo‘ying, o‘zgaga ishlatmang meni,

Ishq aro Farhod ila Majnung‘a o‘xshatmang meni,

Kim bu rasvoyi dajam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Muxammasning navbatdagi bandida ifoda etilayotgan qarashlar har bir misrada o‘ziga xos bir badiiy fikr manzarasini yuzaga keltiradi. Unda uqtirilishicha, Arsh Mirzosi, boshqacha aytilganda, “azal kotiblari” har bir kimsaga taqdir sanasini har xil yozadi, bu muqarrar qismatdan hech bir hodisa yashirina olmaydi, agar vujud ruh iplarini o‘zsa, nafs iplariga bog‘lanib qoladi. Mening ko‘nglimni uning dardidan mosivo etmangki, o‘sha men bog‘langan “azmi haram” (manzil, maqom) avvalgilariga o‘xshamaydi. Bu bandda “taqdir yozuvchisi”, “qismat yozug‘i”, “nafas va ruh”, “ishq dardi” – bularning barchasi lirik qahramon ko‘z o‘ngida o‘zgacha kechadi, hech biri takrorlanmaydi, o‘tmishdagilariga ham o‘xshamaydi. 

Har kima har xil yozur Arsh Mirzosi sana,

Aylanur oyina bu, hech bitta ish topmas pana,

Nafs ipiga bog‘lidur ruh iplarin uzgan tana,

Ko‘yining ehromidin ko‘nglimni man etmang yana,

Kim anga azmi haram avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Endigi, ya’ni muxammasning oxirgi bandi kitobxonga bir qadar nasihat, bir qadar ishonch bag‘ishlaydi. Unga binoan o‘tmish kechinmalaridan norizolik notavonlar kasbi hisoblanadi. Chunki taqdir qanday bo‘lishi kerak bo‘lsa,  shunday kechadi, xoliq ahdini xalq o‘zgartirolmaydi. Bir ilinj borki, shu tilsimlarni ochish, tushunishgina xalqning vazifasidir. Shuning uchun ham o‘tmishda o‘tgan Jamshid, Fariddun kabi shohlarni vasf qilishni qo‘y, undan ko‘ra zamon shohi G‘oziy(Husayn Bayqaro)ni maqtagin, chunki shoh G‘oziydagi karam-saxovat avvalgilarga o‘xshamaydi. 

Muxammas umumiy ma’no-mazmunidan ko‘rinadiki, unda “dard”, “hijron”, “ishq”, “alam”, “taqdir”, “karam” kabi masalalar hayotiy va irfoniy talqin nuqtai nazaridan ikki buyuk shaxsiyat, ikki davr-zamon, ikki lirik qahramon tuyg‘ularini bir-biriga bog‘lab boraveradi. Aynan mana shu tushuncha-obrazlar talqiniaro o‘zaro bog‘liq nuqtalarni kashf etish yoki bog‘liq jihatlarni topish har kimda ham uchrayvermaydigan qobiliyat va iqtidor mahsulidir. Shu jihatdan Omon Matjon mumtoz an’analarimizning haqiqiy davomchisi va haqli merosxo‘ridir. 

So‘kmak o‘tganlar ishin notavonlar rasmikim,

O‘z zamonin rost etar qavmi marddir asli kim,

Shu hayot tilsimlarin ochmoq omonlar kasbikim,

Ey Navoiy qilma Jamshidu Faridun vasfikim,

Shoh G‘oziyga karam avvalgilarg‘a o‘xshamas.

Xulosa qilib aytilganda, keyingi yangi davr o‘zbek she’riyatining xassos namoyondasi bo‘lgan Omon Matjon o‘z ijodi bilan butun turkiy-o‘zbek she’riyati uchun tom ma’nodagi shaxsiyatga aylandi. Ayniqsa, uning qalamiga mansub va ajdodlar ruhiyati bilan bog‘liq topilmalardagi masalalar talqini shoir she’riyatining nihoyatda jozibador bir olam ekanligini ko‘rsatadi. Shu bilan birga Alisher Navoiy singari mutafakkir ijodkorlar an’anasini yangi sharoit va zamonda davom ettirganligi, uning mumtoz adabiyotimizga bo‘lgan cheksiz sadoqatini namoyon etib beradi. 

Shavkat HASANOV, 

Usmon QOBILOV,

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professorlari, filologiya fanlari doktorlari

O‘zA.

Oʻzbek
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Ishq – inson mohiyatining o‘zidir